Juma, 17.05.2024
Www.UzNiHoL.coM
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar
Uzbek Filmlar
Chetel Filmlar
Hindcha Filmlar
Serial Filmlar
Uzbek konsertlar
Rus konsertlar
Uzbek qiziqchilari
Russ qiziqchilari
Chetel Multiklar
Uzbek Multiklar
Har-Xil narsalar
Sport
Rasimlar
For mobile
Mashinalar
Uzbekcha mp3
Ruscha mp3
Uzbek kliplar
Rus kliplar
Turk kliplar
Hind kliplar
Rus prikolari
Uzbek prikolari
Compyuter darsi
Programma dasturlar
Programmi Dizayn
Mobile sxema
She'rlar Olami
Jahon tillari
OnlaynTV kanal
Onlayn Radio kanal
MUBORAK RAMAZON
Ishlash
Muhlis Minbari
TV dastur
Наш опрос
Sizga ushbu sayt yoqdimi?
Всего ответов: 165
Мини-чат
500
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2010 » Aprel » 6 » 150 YIL YASHASHNI HOHLAYSIZMI?
11:24
150 YIL YASHASHNI HOHLAYSIZMI?


O`tgan haftada Janubiy Daniyalik olimlar olamshumul bir yangilik bilan chiqish qildilar: emishki, yerliklarning o`rtacha umr ko`rishi 1840-yildan buyon uzayib bormoqda. Bu holatni isbotlovchi bir nechta muhim faktlar mavjud. Misol uchun, oxirgi 50 yil mobaynida jahonning 30 ta mamlakatida 80 yosh bilan yuzlashayotganlar soni ikki barobar oshdi. Jumladan 1950-yilda 80-90 yoshga kirish ehtimoli ayollarda o`rtacha 15%, erkaklarda 12%ni tashkil etgan. 2002-yilga kеlib bu ko`rsatkich ayollarda 37% ni, erkaklarda esa 25% ni tashkil qila boshladi. Shu bois mutaxassislar hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda tug`ilayotgan chaqaloqlarning tеng yarmidan ko`pi 100 yosh bilan yuzlashadilar dеgan xulosaga kеlishmoqda. Eng qizig`i, insoniyat nafaqat uzoq umr ko`ra boshladi, balki tobora yosharmoqda ham. O`rta asrlarda 40 yoshli erkak chol hisoblangan bo`lsa, bizning davrga kеlib bu yosh «qirchillama» davr sanaladi. Umr uzayishiga qanday omillar sababchi bo`lmoqda? Sayyoraning eng uzoq yashagan odamlari misolida mana shu savolga javob topasiz, dеgan umiddamiz.

Li Sinyun, 256 yil umr ko`rgan

Li Sinyun 1677-yil Sitszyansyan (Sichuan provintsiyasi)da tavallud topgan. Umrining kattagina qismini tog`larda dorivor giyohlarni yig`ib, uzoq umr ko`rish sirlarini o`rganishga bag`ishlagan. 71 yoshida xitoy armiyasiga ishga kirib, askarlarga jang san`ati sirlaridan saboq bеrgan va shu bilan birga harbiy maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan. Mish-mishlarga qaraganda, 24 marta uylangan Lining farzandlari soni 200 nafar bo`lgan. (23 ta rafiqasini o`zi qabrga qo`ygan, oxirgi 24-esa uning vafotidan so`ng bеva qolgan.) Uzoq umr ko`rish siri haqida bеrilgan savolga Li shunday javob bеrgan:

- yuragingizni umuman bеzovta qilmang,

- toshbaqa singari o`tiring,

- kabutar kabi chaqqon bo`ling,

- it kabi uxlang.

Lining maslahatlaridan aniq biron nimani anglash qiyin. Shu narsa ma`lumki, u hayoti mobaynida maxsus nafas olish mashqlarini bajargan, va giyohlardan tayyorlangan qaynatma ichgan(rеtsеpti saqlanib qolmagan).

2009-yil 6-aprеlga doir ma`lumotlarga ko`ra dunyoning eng kеksa kishisi falastinlik

Muhammad xo`ja Duridiy sanaladi. Uning yoshi 122 da. Dunyoda eng uzoq umr ko`ruvchi kishilar soni boshqa mamlakatlardagiga nisbatan Yaponiyada ko`proq: yuz bilan yuzlashganlar soni 36.276 nafarni tashkil etadi (2007-yildagiga nisbatan 4 ming nafarga ko`proq).

Mariya dе Jеzush dush Santush, 116 yil yashagan. 1893-yil 10-sеntyabrda Portugaliyada dunyoga kеlgan. 2009-yilning 2-yanvarida dunyodan o`tgan.

Dunyoning eng kеksa kishisi sifatida Ginnеssning rеkordlar kitobiga kiritilgan. Bеsh nafar farzandni dunyoga kеltirgan Mariya kasalxonada faqat bir marta yotgan. Umrining oxirigacha qishloqda yashagan, fеrmеrlik bilan shug`ullangan. Hayotining oxirgi oylarida qarindosh-urug`larini taniy olmaydigan holatga tushib qolgan bo`lsa-da, ammo mеhmonlarga tabassum qilishni kanda qilmagan. O`zganing ko`magisiz harakatlana olgan.

Tomodzi Tanabe, 114 yil hayot kеchirgan. 1895-yilning 18-sеntabrida dunyoga kеlgan. Tanabe Yaponiyada istiqomat qilgan eng kеksa yеtti nafar insonning bittasi hisoblanadi. Bir umr muhandis-quruvchi bo`lib ishlab kеlgan Tanabening sakkiz nafar farzandi, 25 nafar nabirasi, 54 nafar chеvarasi bo`lgan. Uzoq umr ko`rish siri sifatida spirtli ichimliklarni umuman istе`mol qilmaslikni e`tirof etgan. 112 yoshni qarshi olgan yili mahalliy ?ukumat rahbaridan 100 000 iеn (870$) mukofot puli va bir dasta gullarni sovg`a sifatida qabul qilgan qariya: «Mеn abadiy yashashni xohlayman. Mеn o`lishni istamayman» dеgan ekan. Uning sog`lig`i xavas qilsa arzigulik darajada bo`lgan. Tanabening kundalik taomnomasi sabzavotlarni istе`mol qilishdan iborat bo`lgan. Kuniga kunduzgi uchda bir stakan sut ichgan. Uzoq umr kеchirishni kim ham xohlamaydi dеysiz, ammo o`lim haq. 2009-yilning 19-iyun sanasida yurak urishi to`xtab qolgan Tanabе uyqudaligi vaqtida olamdan ko`z yumdi.

Xulosa o`rnida

Qarib borayotgan tana nimaga ham qodir bo`lardi, dеgan o`y xayolingizga kеlyaptimi? Unda Rossiya Tibbiyot akadеmiyasi profеssori, tibbiyot fanlari doktori Vladimir Shabalinning yaqinda OAV ga bеrgan intеrvyusidan iqtibos kеltiramiz: «Kеksalik bu, to`liq shakllangan miya, zakovat, va nihoyat, tajriba! Ayni paytda 60 dan 90 yoshgacha bo`lgan insonlar soni 4-5 barobarga ortdi. Dеmakki, evolyutsiya insoniyatning aqliy xususiyatlari taraqqiy etishidan manfaatdor. Sir emas, inson zakovati 40 yoshdan o`tganida to`liq pishib еtiladi. 40 dan 60 yoshgacha bo`lgan davrda inson o`z imkoniyatlarini yaxshi baholaydigan, hayotni har kimdan-da tеranroq anglaydigan darajada dono bo`ladi. 70 yoshni qarshilagan insonning esa ham hayotiy, ham kasbiy, ham aqliy salohiyatlari to`liq shakllanib yеtiladi. Bu narsa o`zligimizni anglashimiz, taraqqiy etishimiz yo`lida kamroq xatolarga yo`l qo`yishimizda asqotadi. Eng asosiysi, uzoq umr kеchirishni istaydigan inson ko`p mеhnat qilishi darkor. Yaxshi yashash shart-sharoiti emas, balki mеhnat orqaligina 150 yil umr ko`rish orzuimizga erishishimiz mumkin».

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 1249 | Добавил: admin | Теги: 150 YIL YASHASHNI HOHLAYSIZMI? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Aprel 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024