Juma, 17.05.2024
Www.UzNiHoL.coM
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar
Uzbek Filmlar
Chetel Filmlar
Hindcha Filmlar
Serial Filmlar
Uzbek konsertlar
Rus konsertlar
Uzbek qiziqchilari
Russ qiziqchilari
Chetel Multiklar
Uzbek Multiklar
Har-Xil narsalar
Sport
Rasimlar
For mobile
Mashinalar
Uzbekcha mp3
Ruscha mp3
Uzbek kliplar
Rus kliplar
Turk kliplar
Hind kliplar
Rus prikolari
Uzbek prikolari
Compyuter darsi
Programma dasturlar
Programmi Dizayn
Mobile sxema
She'rlar Olami
Jahon tillari
OnlaynTV kanal
Onlayn Radio kanal
MUBORAK RAMAZON
Ishlash
Muhlis Minbari
TV dastur
Наш опрос
Sizga ushbu sayt yoqdimi?
Всего ответов: 165
Мини-чат
500
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2010 » Iyun » 23 » Anvar Sanayevni kim aldadi?
21:27
Anvar Sanayevni kim aldadi?



ANVAR SANAYEVNI KIM ALDADI?

1. Do'st tanlashda nimaga e'tibor berasiz?
— Xayotda oqibatli, mehrli insonlar bilan do'stlashishga harakat qilaman. Mansab yoki pul uchun do'stlashmoqchi bo'lganlardan esa iloji boricha yiroqlashaman.
2. Aldanganmisiz?
— Bir emas, ko'p marta aldanganman. Ko'pincha mendan qarzga pul olib, "chuv” tushirib ketishadi. Ishonuvchanligim uchun shunday vaziyatga tushsam kerak. Mana, yaqinda ham buxorolik Akmal degan yigit qarz olib, ko'rinmay ketdi (kulib).
3. O'zingiz ham birortasini aldaganmisiz?
— Yaxshilik yo'lida aldashga majbur bo'lganman. Lekin kimningdir ishonchini suiiste'mol qilmaganman.
4. Xayotda eng yaqin sirdoshingiz?
— Oila a'zolarimning barchasi sirdoshlarim. Xamkasblarim orasida ham sirdoshlarim ko'p. Atrofdagilar bilan sirlashaman, dardimni aytaman, maslahat so'rayman. Lekin, baribir, oxirgi qarorni o'zim qabul qilaman. Ya'ni ko'proq maslahatdosh yoki sirdoshga emas o'z aqlimga suyanaman.
5. Do'kondan kitob sotib olayapsiz. Nimaga e'tibor berasiz: muqovasiga, muallifning nomiga yoki sarlavhasiga...
— Tez-tez kitob do'koniga borib turmayman-u, lekin bir borganimda barcha she'riy kitoblarni sotib olaman. Kitobning mazmun-mohiyatini muqova yoki sarlavha ochib berolmaydi. Shuning uchun do'kondagi barcha she'riy kitoblarni sotib olib, uyda birma-bir o'qib chiqaman. Yaxshi she'rlarni uchratib qolsam, yon daftarimga ko'chirib qo'yaman. O'tgan yili sotib olgan kitobimdan "Onam yashagan uylar” she'rini yon daftarimga ko'chirib qo'ygandim. Bir necha oydan keyin she'rni qo'shiq qilish istagi tug'ulib qoldi. She'rni qaysi kitobdan olganimni eslay olmadim. Tavakkaliga qo'shiqni konsertimda ijro etdim. Konsertdan keyin she'r muallifi Abdunabi Boyqo'ziyev qo'ng'iroq qilib: "Qo'shiq barcha oila a'zolarimga yoqdi. Mening dardimni kuyga solibsiz”, deb quvongan edi.
6. Nega shaxsiy hayotingizni muxlislardan yashirasiz?
— Xar bir insonning o'z shaxsiy dunyosi bor. Oilani tomorqaga o'xshataman. Xadeb tomorqangizni xalqqa ko'rsatavermaysiz-ku. Televideniye xodimlari ko'p marta qo'ng'iroq qilib: "Oilangiz haqida ko'rsatuv olmoqchimiz. Siz uchun yaxshi reklama bo'ladi”, deyishgan. Bunday takliflarning birortasini qabul qilmayman. Maqtanishga yoymang-u, har bir inson orzu qiladigan hashamatli uyim bor. Agar uyimni xalqqa ko'rsatsam, biroz nochorroq bo'lgan yurtdoshimning ko'ngliga og'ir botishidan qo'rqaman.
7. Muxlislar orasida noqulay vaziyatga tushganmisiz?
— Bir viloyatga gastrol safari bilan borganimizda, konsert boshlanib bitta qo'shiq aytganimdan so'ng chiroq o'chib qolgandi. Simlar nosoz bo'lgani uchun ularni tuzatishning iloji bo'lmagan. Keyin qayerdandir dvijok olib kelib o'rnatishguncha to'rt soat o'tib ketgandi. Odamlar esa o'rnilaridan turmay, konsert boshlanishini kutishgan. Tashkilotchilar: "Dvijok o'rnatilgan taqdirda ham, konsert ko'ngildagidek o'tmaydi. Yaxshisi, erta-indin konsert beramiz”, deyishganda ham muxlislarni tashlab ketishga ko'zim qiymagan. Konsert yarim kechada boshlanib, tong saharda tugagan edi. Tashkilotchilarning konsertga puxta tayyorgarlik ko'rishmagani uchun muxlislarning oldida rosa xijolat bo'lganman.
8. Umrni yigirma yil ortga qaytarganda...
— Yo'l qo'ygan xatolarimni takrorlamasdim. Ijod bilan yanada kuchliroq shug'ullangan bo'lardim.
9. Yigirma yildan keyin o'zingizni qanday tasavvur qilasiz?
— Bashoratchilik qilishni yomon ko'raman. Ertaga nima bo'lishini Tangrining o'zi biladi. Yigirma yildan keyin ham xalq nazaridan qolmaslik nasib qilsin, deyman xolos.
10. Kompyuterdan foydalanishni bilasizmi?
— Bugun ijodni kompyutersiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Kompyuter va internetdan foydalanishni bilaman. San'at, madaniyat va siyosiy xabarlardan ham internet orqali xabardor bo'laman.
11. Oxirgi marta o'zingiz haqingizda eshitgan eng "antiqa” mish-mish?
— Koshki, antiqa mish-mish eshitsam. Xamisha o'zim to'g'rimda shum xabarlarni eshitib yuraman. Tanishlarim qo'ng'iroq qilib: "Falonchi bunday gap topib keldi. Sog'lig'ing yaxshimiq”, deb shum xabarni aytishganda, biroz ranjigandek bo'laman. Bu kabi shum xabarlarni eshitaverib, ularga e'tibor bermaydigan bo'lib qoldim.
12. Ayollardagi qaysi xususiyatlarni yoqtirmaysiz?
— Qaysi xususiyatlarni yoqtirasiz, deb savol berganingizda, yaxshi bo'lardi (o'ylanib). Yoriga va oilasiga bevafo va mehrsiz bo'lgan ayollarni yoqtirmayman.
13. Sog'lig'ingizga befarq emasmisiz?
— Befarq emasman, lekin bir necha marta kasal bo'lishimga qaramay, sahnaga chiqishga to'g'ri kelgan. Xorazm, Buxoro viloyatlarining havo bosimi yuqori bo'lgani uchun u yerda o'zimni ancha noqulay his qilaman. Ko'pincha anginam borligi ham pand beradi. Bir yili issig'im baland bo'lishiga, qaramay sahnada ikki soat konsert berishimga to'g'ri kelgan.
14. Oxirgi marta ko'rgan filmingiz?
— Juda ko'p filmlarni ko'rdim. Ular orasida Alisher Uzoqovning "Janob hech kim” filmidagi roli juda yoqdi. Ayniqsa, "Sava” degan so'zini eshitsam, kulgidan o'zimni to'xtatolmay qolaman.
15. Sizni quvontirish osonmi yoki...
— Albatta, quvontirish oson. Tabiatan lov etib yonib, pov etib o'chaman. Birov meni hafa qilgan taqdirda ham, gina saqlamayman. Faqat odamlar orasida qadrimni yerga urganlarni aslo kechirmayman.
16. San'atkorlar orasida eng yaqin do'stingiz?
— Sobirjon Mo'minov, Dilshod Rahmonov, Abdulla Ubaydullayev, Musaxon Nurmatov, Adham Soliyevlar bilan har oy gap yeymiz.
17. San'at va biznes. Ular orasida qanday o'xshashlik bor?
— Ikkisida ham tinim bilmay ishlash kerak. Bir kun to'xtab qolsang, ikkinchi kun raqobatchilaring seni yanchib ketishlariga sharoit yaratib bergan bo'lasan.
18. Ayni damda sizni o'ylantirayotgan muammo?
— Konsertga yaxshi qo'shiqlar tayyorlashim kerak.
19. Imkoningiz bo'lganda, uyda qaysi jonivorni parvarishlagan bo'lardingiz?
— Ov qilishni yoqtirganim uchun it boqqan bo'lardim. Bunga sharoitim bor, lekin xohishim yo'q. O'zbek xonadonida it boqish unchalik yaxshi ko'rinmaydi, deb hisoblayman.
20. Qaysi ayol san'atkor bilan duet aytishni xohlaysiz?
— Duet aytish imkoni bir necha marta tug'ilgan. Lekin duetning yaxshi chiqishiga ko'zim yetmagani uchun rozi bo'lmaganman. Lekin boshqa erkak xonanda bilan o'sha duet shuhrat qozongan. Odatda, ko'zim yetmagan ishga qo'l urmayman.
21. Sizga qanday kutilmagan sovg'a hadya qilishgan?
— Namangan viloyatidan Oydinoy ismli qiz katta mashinada 5 kilometrli xat yozib jo'natgan. Katta-katta harflar bilan yozilgan xatni uch kunda o'qib tugatganman.
22. Qaysi raqamni yoqtirasiz?
— Raqamlarga ishqiboz emasman.
23. Barcha yo'l qoidalariga amal qilasizmi?
— Qo'rqmasdan ha deb javob bera olaman. Mashina haydayotganimda, muhim qo'ng'iroqlarga ham javob bermayman. Kamar taqmay rulga o'tirmayman.
24. Tasavvur qiling, konsertga kech qolayapsiz. Yo'l patrul xizmati xodimi to'xtatib, hujjatlaringizni talab qilayapti. Shunday paytda qanday yo'l tutgan bo'lardingiz?
— Bor gapni aytaman. Shu paytgacha iltimosimni yerda qoldirishmagan. Ular ham san'atning qadriga yetishadi.
25. Ayolingizning qaysi taomi yoqadi?
— Odatda, ovqat tanlamayman. Lekin ba'zida tansiqroq taom yegingiz keladi. O'sha kuni ayolim men xohlagan ovqatni qilmagan bo'lsa, "Ertaga qilarsan”, deb qo'yaveraman.
26. O'zingiz ham mustaqil biror narsa tayyorlashni bilasizmi?
— Do'stlarim bilan tabiat qo'yniga chiqqanda, jiz-biz qilib turamiz. Lekin hamma ovqatni mustaqil tayyorlay olmayman.
27. Farzandlaringizga qachon kitob sotib olib bergansiz?
— Farzandlarim tengdoshlarining ijodini o'rganib, ulardan o'rnak olsin degan maqsadda "Tong yulduzi” gazetasiga obuna bo'lganman. Yuqorida aytib o'tganimdek, kitob do'koniga borsam, barcha yangi kitoblarni sotib olaman. Farzandlarim ham ularni o'qib chiqishadi.
28. Sizning idealingizdagi inson?
— Vataniga sadoqatli va jonini fido qilishga tayyor bo'lgan inson. Chunki yorga, oilaga sadoqat ham vatandan boshlanadi.
29. Nechta xorij davlatlariga safar qilganmiz?
— 15 ta.
30. Agar 1 milliard dollar topib olsangiz, nima qilgan bo'lardingiz?
— O'ylab o'tirmasdan yarmini sizga berardim (kulib).
31. Ilk marta sahnaga qachon, qayerda va qaysi qo'shiq bilan chiqqaningizni eslay olasizmi?
— "Aqlu hushim oldi muhabbat” qo'shig'i bilan 1998 yil "Turkiston” saroyida o'tkazilgan konsertda ilk bor katta sahnaga chiqqanman.
32. Tushlikni odatda soat nechada qilasiz?
— Uyqudan o'n birda uyg'onaman. Taxminan 3-4 larda tushlik qilaman.
33. Burjingiz chayon ekanligidan xabarim bor. Chayon burjiga berilgan ta'rif xarakteringizga mosmi?
— Tabiatda chayon jahli chiqqanda o'z-o'zini chaqib o'ldirishi haqida ko'p eshitganman. Men ham jahlim chiqqanda, ich-etimni yeyman.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 1372 | Добавил: admin | Теги: Anvar Sanayevni kim aldadi? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024