Juma, 17.05.2024
Www.UzNiHoL.coM
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar
Uzbek Filmlar
Chetel Filmlar
Hindcha Filmlar
Serial Filmlar
Uzbek konsertlar
Rus konsertlar
Uzbek qiziqchilari
Russ qiziqchilari
Chetel Multiklar
Uzbek Multiklar
Har-Xil narsalar
Sport
Rasimlar
For mobile
Mashinalar
Uzbekcha mp3
Ruscha mp3
Uzbek kliplar
Rus kliplar
Turk kliplar
Hind kliplar
Rus prikolari
Uzbek prikolari
Compyuter darsi
Programma dasturlar
Programmi Dizayn
Mobile sxema
She'rlar Olami
Jahon tillari
OnlaynTV kanal
Onlayn Radio kanal
MUBORAK RAMAZON
Ishlash
Muhlis Minbari
TV dastur
Наш опрос
Siz hozirgi payita nima qilasiz?
Всего ответов: 142
Мини-чат
500
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2010 » Avgus » 10 » Charchash, bezovtalik va ranj-alam hissiyotlariga sabab bo'luvchi dilgirlikdan qanday xalos bo'lish mumkinmi?
23:09
Charchash, bezovtalik va ranj-alam hissiyotlariga sabab bo'luvchi dilgirlikdan qanday xalos bo'lish mumkinmi?






Charchoqning birinchi bosh sabablaridan biri diqqatpazlikdir. Buning yorqin misoli sifatida ko'chamizda yashovchi Alisani ko'rsatish mumkin. Bir kuni kechqurun Alisa uyiga ishdan ezilib qaytdi. U azbaroyi charchaganidan oyoqda zo'rg'a turardi. Xaqiqatdan ham o'sha darajada horigan edi. Uning boshi og'rir edi. Yag'rini qaqshardi. Birgina xohishi — kechki ovqatni kutmay uxlash edi. Onasi yolvordi hamki... u dasturxonga noiloj o'tirdi. Kutilmaganda telefon jiringlab qoldi. Uning do'sti qo'ng'iroq qilgan edi. Alisani raqsga taklif etdi! Qizning ko'zlari chaqnab ketdi. Birdan kayfiyati ko'tarildi. U yuqoriga o'z xonasiga yugurib ketdi, xushbichim moviy ko'ylagini kiydi va ertalab soat uchgacha raqsga tushdi. Uyga qaytganida, charchog'i butunlay yozilgan edi. Uning vaqti shunchalik chog' ediki, hatto mizg'ib ham olmadi. Alisa haqiqatdan ham sakkiz soat ilgari ezilib charchagan va o'zini shu ahvolga solgan edimiq Shubhasiz, Alisa haqiqatdan ham juda ezilgan, chunki ish uni zeriktirgan, balki hayot uni rosa horitgan edi. Alisaga o'xshaganlar millionlab topiladi. Balki siz ham shularning biridirsizq Barchaga ma'lumki, jismoniy zo'riqishdan ko'ra ko'p hollarda bizni hissiy kayfiyat ko'p darajada toliqtiradi. Bir necha yil muqaddam Jozef E.Barmak «Psixologik arxivlar» nomli jurnalda o'zining ayrim tajribalarini, dilgirlik charchashni keltirib chiqarishini ko'rsatgan ma'ruzasini chop etgan edi. Doktor Berman bir guruh talabalarga qator testlarni bajarishni tavsiya etdi. Bular talabalarni aslo qiziqtirmasligini bilar edi. Natija qanday bo'ldiq Talabalar charchash, mudrashni his etib, bosh og'rig'i va ko'zlari toliqqanlikdan shikoyat qilib, tez achchiqlanadigan bo'ldilar. Ba'zi hollarda, hatto oshqozon ishdan chiqqani kuzatildi. Bularning bari «quruq xayolmi»q Yo'q. Bu talabalar bilan metabolizm tadqiqoti o'tkazildi. Natijalar ko'rsatishicha, diqqatpazlik tufayli organizmda qon bosimi va kislorod yutilishi haqiqatan ham juda pasayib ketar ekan. Ammo odamning ishga qiziqishi ortganida va undan qoniqish paydo qilganida, unda modda almashinuvi zudlik bilan yaxshilanar ekan! Agar biz qandaydir qiziqarli va diqqatga sazovor narsalar bilan ovunsak, juda kam charchaymiz. Masalan, men yaqinda Kanadadagi Luiz ko'li yoqasida dam oldim. Bir necha kun Korral-Krik daryosida forel balig'i ovladim. Menga bo'yimdan sal past butalardan oralab o'tish, yiqilgan daraxt shoxlariga qoqi lib, sakkiz soatdan ortiq yurishga to'g'ri kelsa-da, mutlaqo toliqmadim. Negaq Chunki kayfiyatim yaxshi edi, kunni binoyidek o'tkazdim, deb his etdim. Axir yirik-yirik oltita forel tutdim-da! Mayli, baliq ovi men uchun zerikarli mashg'ulot, de ylik, bu mening jismoniy ahvolimda aks etadi deb o'ylaysizmiq Men yetti ming fut balandlikdagi og'ir ishdan o'zimni holdan toygan deb hisoblar edimmiq Xatto, sportning og'ir turi hisoblangan alpinizm bilan mashg'ul bo'lgan kishiga ham diqqatpazlik yuqori darajadagi charchashni keltirib chiqaradi, boshqa jismoniy zo'riqishga nisbatan. Masalan, Minneapolisdagi fermerlar va mexaniklar omonat banki prezidenti janob S.X.Kingmen menga bir voqeani gapirib bergan edi. Bu mening aytganlarimga eng mos misol bo'la oladi. 1943 yili Kanada hukumati mamlakat alpinistlar klubiga murojaat qilib, Uels shahzodasi nomidagi diversiya-razvedka polkiga askar alpinizmi bo'yicha mashqlar o'tkazish uchun yo'l boshlovchilar so'ragan edi. Janob King men ana shu askarlar bilan mashq o'tkazuvchi yo'l boshchilar tarkibida edi. Menga hikoya qilishicha, u va boshqa yo'l boshlovchilar — qirq ikki yoshdan ellik to'qqiz yoshgacha bo'lgan erkaklar — yosh askarlar uchun muzliklar va qor qoplagan dalalar orqali uzundan-uzoq yo'l boshlab, qirq fut balandlikdagi qirrali cho'qqilarga arqonlar yordamida va qo'llariga hamda oyoqlariga ishonchsiz tayanchlar bilan tirmashardilar. Ular Maykl cho'qqisiga, Vitse-prezident nomidagi cho'qqiga hamda Kanadadagi cho'qqili tog'larga ko'tarildilar. O'n besh soatlab tog'larga ko'tarilib yurgan bu yosh yigitlar, dastlab ixcham ko'rinsa-da (ular olti oylik diversant-desant askarlarini tayyorlash kursini endigina o'tagan edilar), aslida haddan ziyod holdan toyishgandi. Ular kurs mashg'ulotlari paytidagi mashqni o'tamasdan mushaklariga zo'r berganlari uchun charchab qolishdimiq Diversant-desant armiyasi lagerida tayyorgarlikdan o'tgan har bir askar bu bema'ni savoldan kulib yuborishi mumkin edi! Yo'q, askarlar shuning uchun ham holdan toygan edilarki, ularni tog' o'ngirlarida behuda tentirash zeriktirib yuborgandi. Shu darajada charchashgandiki, hatto kechki ovqatni kutmasdan uxlab qolishardi. Yo'l boshlovchilar o'zlarini qanday his etdilarq Axir ularning yoshi askarlardan ikki va, hatto uch barobar katta edi. Charchab qolishdimiq Xa, lekin holdan toyib qolganlari yo'q. Kechki ovqatni ishtaha bilan tanovul qildilar, so'ng bir necha soat kundalik ishlarni muhokama etdilar. Charchoqni xayollariga keltirmasliklariga sabab shuki, bu ish ular uchun g'oyat qiziqarli edi. Kolumbiya universitetidan doktor Edvard Torndayk charchoqni o'rganish yuzasidan tajribalar o'tkazganida, yosh yigitlarga bir hafta davomida uxlash uchun ruxsat bermagan, ularga favqulodda qiziqtiradigan ish topshirgan edi. Uzoq tadqiqotlar o'tkazganidan so'ng, xabar berishlariga ko'ra, quyidagicha xulosaga kelgan: «Zerikish ish unumdorligining pasa yishiga sabab bo'ladigan yagona tub sababdir». Agar siz aqliy mehnat bilan shug'ullansangiz, bajarilgan ish miqdoridan juda kam charchaysiz. Siz bajarilmagan ish tufayli charchashingiz mumkin. Masalan, balki eslarsiz, haftaning bir kunida sizni ishdan to'xtovsiz ravishda qoldirishdi. Xatlarga javob qaytara olmadingiz. Belgilangan uchrashuvlar o'tkazilmay qoldi. U yerda ham, bu yerda ham ko'ngilsizliklar ro'y beraverdi. O'sha kuni hamma ish chappasidan ketdi. Siz shu kuni hech ish qila olmay, holdan toyib, boshingiz og'rib uyga qaytdingiz. Ertasi idorada hamma ish silliq ketdi. Siz ilgariga nisbatan qirq barobar ish bajardingiz. Uyga bardam tarzda va xuddi archilgan tuxumday navqiron holatda qaytdingiz. Sizda shu hol ro'y berganmidiq.. Menda ham. Bundan qanday xulosa kelib chiqadiq Faqat bitta: charchash ish tufayli emas, ko'pincha bezovtalik, ruhiy tushkunlik va ranj-alam hissiyotlari tufayli yuzaga keladi. Ushbu bo'lim ustida ishlash jarayonida men Jerom Kern ning «Suzuvchi teatr» nomli ajoyib musiqali komediyasining yangicha talqinini ko' rishga bordim. Unda ishtirok etuvchi kapitan Endi shunday deydi: «Baxtli odamlar o'zlariga huzur bag'ishlaydigan ish bilan shug'ullanadilar». Shuning uchun ham baxtliki, ularda kuch-quvvat ko'p, quvonch yetarli, bezovtalik kam, charchash kamdir. Qiziqishingiz qaysi tomonga yo'naltirilgan bo'lsa, kuch-quvvatingiz ham o'sha tomonga yo'nalgan bo'ladi. Sizni sidqidildan sevuvchi go'zal bilan o'n mil yurganga nisbatan mijg'ov xotin bilan o'n kvartal masofani bosib o'tish azob-uqubatdan iborat bo'lar. Xo'sh, nima bo'ptiq Shunday holatda siz nima qila olasizq Mana, Oklaxoma shtati Talse neft firmasida xizmat qiluvchi bir stenografchi ayol nima qilganq G'ar oyning bir necha kuni unga nihoyatda zerikarli ishni bajarishga to'g'ri kelgan, tasavvur etyapsizmi, yangi topilgan neft joylarini ijaraga berish bo'yicha shartnoma varaqlarini to'ldirish, unga raqamlar va statistik ma'lumotlar qo'shish lozim edi. Ish shu darajada diqqinafas ediki, bu ayol o'z-o'zini himoya etish maqsadida uni qiziqarli tarzda tashkil etishga qaror qildi. Qanday qilib juvon har kuni o'z-o'zi bilan musobaqalasha boshladi. Xar kuni ertalab to'ldirilgan varaqalarni sanab chiqar, so'ng kun bo'yi bu raqamlarni oshirishga harakat qilardi. Ish kuni oxirida u yana to'ldirilgan hujjatlarning umumiy sonini tag'in sanab chiqar va ertaga yanada ko'proq ish hajmini bajarishga intilar edi. Natija-chiq Tezda u bo'limdagi boshqa stenografchilarga nisbatan bu diqqinafas blankalarni ko'proq to'ldiradigan bo'ldi. Natijada nimaga ega bo'ldiq Maqtovmiq Yo'q... Tashakkurmiq Yo'q... Mansabi ko'tarildimiq Yo'q... Uning maoshini oshirdilarmiq Yo'q... Ammo u zerikishi tufayli paydo bo'lgan charchoqdan qutildi. Unda ruhiy qo'zg'atuvchi omil paydo bo'ldi. Zerikarli ishni qiziqarli mashg'ulotga aylantirishga harakat qilish quvvat va zavq-shavq bag'ishladi. U ko'proq shodlik-quvonchga va orom olish soatlariga ega bo'ldi. Mazkur voqea men uchun tasodif bo'lsa-da, ammo haqiqat: axir men bu juvonga uylandim-da! Yoki boshqa stenografchi ayollarning kechmishini ko'raylik. U o'z ishini yanada qiziqarli tashkillashtirish uchun harakat qilishni maqsad qilib qo'ygan edi. Ilgari ishini bajarishiga nihoyatda ko'p kuch-quvvat sarflagandi. Endi esa ahvol o'zgardi. Uni Velli J.Golden deb atashadi. Mana uning menga yozganlari: «Idoramizda to'rtta stenografchi ishlar edi, har birimizga bir necha xodimning hujjatlarini yozib borish topshirilardi. Ba'zida shunday topshiriqlar bilan ko'milib qolar edikki, bir kuni bo'limimiz boshliq o'rinbosari uzundan-uzoq bir xatni qayta yozib chiqishni talab qilib turib olganida, men achchiqlandim. Bu xatni qayta yozib chiqqandan ko'ra uni shundoqqina tuzatish ham mumkin, deb ishontirishga harakat qildim. U agar men ko'nmasam, rozi bo'ladigan kishini topa olishini aytdi! Men achchiqlanganimdan o'zimni yo'qotib qo'ydim! Shu bilan birga bu xatni qaytadan yozib chiqa boshlaganimda kutilmaganda men bajarayotgan ishni qabul qilganlarida ko'pchilik o'zini baxtli deb his etishini tushunib qoldim. Buning ustiga menga aynan shu ish uchun haq to'lashardi. Kayfiyatim yaxshilana boshladi. Nihoyat shunday ishlashga qaror qildimki, ishim menga huzur bag'ishlaydi, vaholanki undan jirkansam ham, degan xayolga bordim. Shunda muhim narsani kashf etdim: agar men ishimni xuddi undan huzur-halovat olgandek bajarsam, undan u yoki bu darajada qanoat hosil qilaman. Agar ishimdan qoniqsam, tezroq ishlashim mumkinligini ham payqadim. Shu bois menda ishdan keyin qolib ishlash zarurati kamdan-kam bo'ladi. Ishga munosabat o'zgargani sababli men ajoyib ishchi degan martabaga ega bo'ldim. Bo'lim rahbarlaridan biriga shaxsiy kotiba zarur bo'lib qolganida, u aynan meni tanladi, chunki o'zi aytganidek, men qo'shimcha ishni rozi bo'lib qabul qilardim! Bu psixologik yo'l-yo'riqning o'zgarishi natijasi, — deb yozadi Golden xodim, — favqulodda muhim kashfiyot bo'ldi. U mo'jizalar yaratdi!» Balki o'z-o'ziga hisob bergan Velli Golden xonim mash hur falsafiy tamoyil — «xuddi shunday»dan foydalangandirq Uilyam Jeyms bizga ana shunday ha­rakat qilishni tavsiya qildi. «Xuddi shunday, bamisoli» mardmiz, desak, biz botir bo'lamiz, xuddi shunday o'z-o'zimizni baxtli deb his etsak, baxtli kishilarday bo' lamiz va hokazo. O'zingizni ishingiz juda qiziqarli kabi tuting. Dastlab bu o'yinday tuyuladi, keyinchalik esa sizda ishingizga nisbatan haqiqiy qiziqish uyg'onadi. Shu bilan birga sizdagi charchoq, ruhiy zo'riqish va bezovtalikni kamaytiradi. Bir necha yil muqaddam Xarlan A.Xauard hayotini butunlay o'zgartirib yuboruvchi bir yo'l tutdi. U zerikarli yumushni qiziqarli mash g'ulotga aylantirdi. Ishi haqiqatan ham tinkani quritadigan darajada bir xil edi: u idish-tovoqlarni yuvishi, peshtaxtani artishi va maktab oshxonasida muzqaymoq sotishi kerak edi. Bu paytda boshqa o'g'il bolalar koptok o'ynashar yoki qiz bolalarga iltifot ko'rsatishardi. Xarlan Xauard o'z ishidan nafratlanar, lekin bu ishdan ketish imkoniyati yo'q edi, shunda u muzqaymoqqa tegishli barcha narsani o'rganishga kirishdi — qanday tayyorlashadi, nega bir navi boshqasiga nisbatan yaxshi… U muzqaymoq ishlab chiqarishning kimyoviy texnologiyasini o'rgandi va o'rta maktabda kimyo kursi bo'yicha eng yaxshi tinglovchi bo'ldi. Bora-bora oziq-ovqat mahsulotlari kimyosiga shunchalik qiziqib qoldiki, natijada Massachusets shtatidagi kollejga kirdi va oziq-ovqat texnikasi sohasiga ixtisoslashdi. Nyu-Yorkdagi kakao birjasi kakao va shokoladdan foydalanish bo'yicha eng yaxshi talabalar ma'ruzasi uchun ochiq tanlov e'lon qilinganida hamda yuz dollar mukofot belgilanganida, kim g'olib bo'ldi, deb o'ylaysizq.. Xa, to'g'ri topdingiz, u Xarlan Xauard edi. Ish axtarib, turli qiyinchiliklarga duch kelgan Xarlan Massachusets shtatining Amxerstdagi uyi yerto'lasida xususiy laboratoriya ochdi. Shundan keyin tez orada yangi qonun chiqdi. Sutdagi bakteriyalar sonini aniqlash zarur edi. Xarlan Xauard dar hol Amxerstdagi o'n to'rtta sut mahsulotlari firmasining bakteriyalarini hisobga olish bilan shug'ullana boshladi, hatto unga ikkita laborant qizni jalb etishga to'g'ri keldi. Nima deb o'ylaysiz, uni yigirma besh yildan so'ng nima kutardiq Darhaqiqat, oziq-ovqat kimyosi sohasidagi zamonaviy peshqadam arboblar pensiyaga ketar yoki narigi dunyoga ravona bo'lar, ularning o'rnini tashabbuskor va kuch-g'ayratga to'la yosh yigitlar egallardi. Shak-shubhasiz, oradan yigirma besh yil o'tib, Xarlan Xauard ishda ko'p narsaga ulgurar va o'z sohasining eng pesh qadam yetakchisiga aylanar, shunda bir paytlar u muz qaymoq sotgan sinfdoshlari g'amgin omadsizlarga aylanib, ishsizlar sonini to'ldirar, hukumatni qarg'ab, hayotlarini o'zgartirish imkoniyati yo'q ligini aytib, oh-voh tortishar edi. To'la ravishda shunisi aniqki, agar zerikarli ishni qiziqarli mashg'ulotga aylantirmaganida, Xarlan A.Xauard ham xuddi shunday imkoniyatga sira muyassar bo'lmasdi. Ko'p yillar muqaddam bir yigitni ham ish haddan ziyod bezdirgan edi. U chilangarlik dastgohi yonida turib, zavodda bolt yasardi. Yosh yigitni Sem deb atardilar. Sem ishdan jon-jon deb ketishni istardi, ammo boshqa joyda ishga joylay olmayman, deb qo'rqdi. Shu sababdan mazkur zerikarli ishni bajarishga majbur edi. Sem bu yumushni qiziqarli qilishga qaror qildi. U qo'shni dastgohda ishlayotgan operator bilan musobaqa bog'ladi. Ulardan biri yuqori notekis qismini qayta ishlashi, biri esa boltlarga tegishli diametr o'lchovi berishi kerak edi. Kim ko'proq bolt tayyorlashini ko'rish uchun vaqt-vaqti bilan dastgohni almashtirardilar. Besh usta Semning tezkorligi va orastaligini yuqori baholadi va uni ko'p o'tmay yuqori malakali ishga o'tkazishdi. Bu uning mansab pillapoyalari tomon ko'tarilishi edi. O'ttiz yil o'tgach, Sem, ya'ni Semyuel Vokleyn «Bolduin lokomotiv uorks» firmasi prezidenti bo'ldi. Agar u zerikarli ishni maroqli mashg'ulotga aylantirishga urinmaganida, bir umr oddiy ishchiligicha qolib ketardi. X.V.Kaltenborn — Amerika radiosining mashhur sharh lovchisi — bir kuni me'daga tegadigan ishni maroqli va qiziqarli qilishga muyassar bo'lganini gapirib berdi. U yigirma ikki yoshdaligida o'zining kira haqini to'lash uchun Atlantika okeanini kesib o'tadigan, qoramol ortilgan kemada ishlagan edi. Zimmasiga buqalarni boqish va ularni sug'orish yuk latilgan edi. Angliya bo'ylab velosipedda sayohat qilib, Parijga och-yalang'och kirib keldi. Keyin o'z fotoapparatini besh dollarga garovga qo'yishga to'g'ri keldi. U «Nyu-York gerald» gazetasining Parij nashriga ish axtarib yurganligi haqida e'lon berdi. Unga ish taklif qilishdi. Agar siz qirq yoshda bo'lsangiz, balki eski stereospkoplarni eslarsiz, ularni ko'zimizga yaqin keltirib qarasak, ikkita bir xil tasvirni ko'ramiz. Biz ko'rishda davom etamiz va to'satdan mo'jiza yuz beradi. Stereoskopdagi ikki linza ikki tasvirni bittaga jamlab, uchinchi o'lchovdagi effektni hosil qiladi. Biz masofani qabul qildik. Istiqboldagi qiziqarli hissiyotga ega bo'ldik. Yuqorida aytganimdek, Kaltenborn Parijda bu uskunalarni sota boshladi. U bir eshikdan ikkinchisi tomon tentirar, lekin fransuzcha gapirishni bilmasdi. Shunga qaramay, vositachilik yo'li bilan birinchi yili besh ming dollar ishlashga muyassar bo'ldi va o'sha yili Fransiyadagi eng yuqori ish haqi to'lanadigan savdo agentiga aylandi. Kaltenbornning menga hikoya qilishicha, mazkur tajriba unga Garvardda o'qigan yilidan ko'ra ko'proq bilim bergan. Bu o'z-o'ziga ishonchmiq O'zining e'tiroficha, u, hatto fransuz uy bekalariga «kongress bayonnomalari»ni sotishiga bemalol qurbi yetardi. Mazkur tajriba Kaltenbornga fransuzlar hayotini bilishda shunchalik chuqur tushuncha berdiki, keyinchalik bu hol Yevropa voqealarini radioda tahlil etishda bebaho manba bo'ldi. Fransuz tilini bilmasdan turib, u qanday qilib birinchi darajali savdo agentiga aylandiq Kaltenborn ish beruvchidan o'z sotuvchilariga murojaat etadigan matnni fransuz tilida yozib berishni iltimos qildi. Keyin ushbu matnni yodlab oldi. Shunday bo'ldiki, Kaltenborn uy qo'ng'irog'ini bosadi, uy bekasi eshikni ochadi va u yodlagan matnini xudo urgan shunday talaffuzda takrorlaydiki, kulmaslikning sira iloji yo'q. So'ng uy bekasiga o'z suratlarini ko'rsatadi. Agar beka savol bersa, yelkalarini qisar va «amerikalikman», «amerikalikman» der edi. Keyin esa shlyapasini yechib, unda yopishtirilgan fransuz tilidagi ajabtovur matnni ko'rsatardi. Bu haqda hikoya qilar ekan, X.V.Kaltenborn ishi yengil emasligin e'tirof etdi. Ammo unga bir xususiyat yordam berdi: qat'iyligi, cho'rtkesarligi ishining qiziqarli bo'lishini ta'minladi. U har kuni ishga otlanishda oynaga qarar ekan, o'z-o'zini ruhlantirardi: «Kaltenborn, sen agar yaxshi yashashni istasang, bu ishni bajarishing kerak. Demakki, buni bajarishing shart ekan, nega uni ajoyib va diltortar qilmaysanq Xar safar eshikni taqillatganimda, o'zimni aktyor misoli xuddi omma oldiga chiqayotganday his etaman. Axir sen bajarayotgan ish ham xuddi sahnadagi qandaydir ko'rinish kabi kulgili-ku! Shunday ekan, nega o'z o'yiningga ehtiros va zavq-shavq baxsh etmaysanq» Janob Kaltenbornning menga hikoya qilishicha, ana shunday ruhlantiruvchi suhbatlar dastlab unda nafrat va qo'rquv uyg'otgan, keyin ishni sarguzashtga aylantirishga yordam bergan, katta daromad keltirgan. Men janob Kaltenborndan hayotda muvaffaqiyat qozonishga chanqoq yosh amerikaliklarga beradigan biror maslahat so'raganimda, u shunday dedi: «Xar kuni ertalab o'z ustingizda ishlang. Biz jismoniy mashqlar zarurligini juda ko'p aytamiz, u aksariyatimiz giriftor bo'lgan yarim uyqudan uyg'otadi. Lekin ko'p roq ma'naviy va aqliy mashqlarga zarurat sezamiz, ular har kuni ertalab bizni faoliyatga chorlaydi. O'zingizni ruhlantiruvchi so'zlarni aytishdan erinmang». Nahotki o'z-o'zi bilan ruhlantiruvchi kundalik gap-so'z bema'ni, yengiltaklik va bolalarcha qiliq bo'lib ko'rinsaq Yo'q, aksincha, unda sog' lom ruhiy mohiyat mavjud. «Bizning hayotimiz — bizning u haqdagi o'ylarimizdan iborat». Bu so'zlar hozir ham, o'n sakkiz asr oldingidan ham aslo kam emas. Buni Mark Avreliy o'zining «Mulohazalar» kitobida yozgan edi: «Bizning hayotimiz — bizning u haqdagi o'ylarimizdan iborat». O'z-o'zingiz bilan har soat suhbatlasha turib, siz mard lik va baxt, kuch-quvvat va xotirjamlik haqida o'y suring. O'z-o'zingiz bilan o'zingizga ma'lum bo'lgan narsalar xususida gaplashar ekansiz, qalbingizni zabt etasiz va qalbingiz kuylab yuboradi. O'z fikr-o'ylaringizni ijobiy tomonga yo'naltiring, ana shunda har qanday ish sizga yoqimli tuyuladi. Boshlig'ingiz ishga juda qiziqish bilan munosabatda bo'lishingizni xohlaydi, chunki uning daromadi shunga bog'liq. Ammo boshliq nima xohlayotganini unutamiz. O'z ishingizga qiziqsangiz, shu qiziqishni his etsangiz, faqat nimalarga ega bo'lishingizni o'ylang. Yodingizda bo'lsin, sizning maishiy kundalik quvonchingiz faol hayotingizning yarmi ish bilan o'tganida, ikki barobar ortadi. Shu sababli, agar sizga quvonch keltirmasa, balki uni hech qachon hech qayerdan topa olmaysiz. Esingizda tursin, ishga qiziqishingiz sizni bezovtalikdan xalos etadi, pirovard natijada, mansabga ko'tarilish va maoshingiz oshishi aniq bo' lib qoladi. Xatto, bu ro'y ber masa ham ishga bo'lgan qiziqishingiz charchoqni eng quyi darajaga tushiradi va sizning dam olish soatlaridan huzur-halovat topishingizga yordam berad
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 1813 | Добавил: admin | Теги: Charchash, bezovtalik va ranj-alam hissiyotlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Avgus 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024