Juma, 17.05.2024
Www.UzNiHoL.coM
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar
Uzbek Filmlar
Chetel Filmlar
Hindcha Filmlar
Serial Filmlar
Uzbek konsertlar
Rus konsertlar
Uzbek qiziqchilari
Russ qiziqchilari
Chetel Multiklar
Uzbek Multiklar
Har-Xil narsalar
Sport
Rasimlar
For mobile
Mashinalar
Uzbekcha mp3
Ruscha mp3
Uzbek kliplar
Rus kliplar
Turk kliplar
Hind kliplar
Rus prikolari
Uzbek prikolari
Compyuter darsi
Programma dasturlar
Programmi Dizayn
Mobile sxema
She'rlar Olami
Jahon tillari
OnlaynTV kanal
Onlayn Radio kanal
MUBORAK RAMAZON
Ishlash
Muhlis Minbari
TV dastur
Наш опрос
Sizga nima kerak?
Всего ответов: 178
Мини-чат
500
Статистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0
Главная » 2010 » Iyul » 31 » Qur'onda o'zga Sayyoraliklar haqida...
15:23
Qur'onda o'zga Sayyoraliklar haqida...



Film haqida:

Muqaddas Qur'on Karim asrlar davomida insoniyat tomonidan churroq o'rganib kelinmoqda. U ko'plab narsa, voqea va hodisalarning sababini shunday asoslab bermoqdaki, bunga lol qolmay ilojimiz yo'q. Quyida keltirilayotgan oyatlar esa Bu olamda biz yolg'iz emasligimizga asos bo'lsa ajab emas. Oyatlar ko'plab diniy va dunyoviy ulamolar tomidan o'rganib shunday hulosa kelingan: Bizning sayyoramiz tirik jon yashaydigan yolg'iz sayyora emas. Alloh yetti qavat osmonda juda ham ko'plab mavjudotlarni yaratganki, ular ham xuddi biz kabi yolg'iz Unga sig'inishadi.

A'zu-billahi Minashshaytonir Roji'ym.
Bismillahir Rohmanir Rohiym!

Sho'ro surasi 29: Osmonlar va yerning yaratilishi hamda (Alloh) ularda tarqatib-yoyib yuborgan jonivorlar Uning (qudrati ilohiyasiga dalolat qiladigan) oyatalomatlaridandir. U O’zi xohlagan vaqtida ularni jamlab-yig‘ib olishga qodirdir.

Ra'd surasi 15 Osmonlar va yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech faqat Allohgagina sajda qiladilar — bo‘ysunadilar.

Nahl surasi 49: Osmonlar va yerdagi barcha jonivorlar va farishtalar ham kibr-havo qilmagan hollarida yolg‘iz Allohga sajda qilurlar

Taloq surasi 12. Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shalarning mislini (ya’ni yetti qavat yerni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya’ni yetti qavat osmon va yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (O’z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi).

65. Ayting: «Osmonlar va yerdagi biron kimsa g‘aybni bilmas, magar Allohgina (bilur)». Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar.

Maryam surasi 93. Osmonlar va yerdagi bor jonzot (qiyomat kunida) Rahmon (huzuriga) bo‘yinsungan holda kelur.

94. U zot ularni sanab-aniqlab qo‘ygandir.

95. Ularning barchasi qiyomat kunida yolg‘iz holda U zotning huzuriga kelguvchidir.
Bu oyatlar esa samodagi boshqa jonzodlar ham huddi biz kabi Qiyomatda qayta tiriladilar.

Zumar surasi 68: Sur chalindi-yu, osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular (ya’ni barcha xaloyiq qayta tirildi, qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) ko‘z tutarlar.

Hadid surasi 21. (Ey insonlar), Parvardigoringiz tomonidan bo‘ladigan mag‘firatga xamda Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qo‘yilgan, kengligi osmon va yerning kengligi kabi bo‘lgan jannatga shoshilingiz! Bu (ya’ni va’da qilingan mag‘firat va jannat) Allohning fazlu marhamati bo‘lib, uni O’zi xoxlagan kishilarga ato etur. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir.

Fussiyat surasi 11. So‘ngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga: «(Mening amrifarmonimga) ixtiyoran yoki majburan kelinglar!» degan edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik, (amringga bo‘yinsundir)», dedilar.

12. Bas ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishi-vazifasini vahiy qildi (bildirdi). Biz quyi osmonni chiroqlaryulduzlar bilan bezadik va (uni ofat-balolardan) saqladik. Bu qudratli va bilguvchi zotning taqdiri – o‘lchovidir.

I z o h . Mazkur oyatlar Qur’onda bir necha o‘rinlarda kelgan Alloh taolo osmonlar va yerni olti kunda yaratgani haqidagi oyatlarning tafsilotidir. Ya’ni Tangri taolo yerni ikki kunda yaratib, to‘rt kun deganda uning rizqu ro‘zini ham taqsimlab-bo‘lib bergani va olti kun deganda esa yetti osmonni ham yaratib bo‘lgani bayon qilib berildi.

Taloq surasi 12. Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shalarning mislini (ya’ni yetti qavat yerni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya’ni yetti qavat osmon va yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (O’z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi).

Navbatdagi oyat esa, insonlar vaqti kelib o'zga sayyoralarga ham safar qilishimiz mumkinligidan dalolat bo'lsa ajab emas:

Nahl surasi 8. U zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur.

Nur surasi 41. (Ey Muhammad), Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot ham, (samoda) saf tortgan qushlar ham tasbeh aytib — poklashini ko‘rmadingizmi? Aniqki, (Alloh) barchaning duoyu tasbehini bilib turur. Alloh ularning qilayotgan (barcha) ishlarini bilguvchidir.

Mavzuni batafsilroq o'rganmoqchi bo'lsangiz mana bu yerga kiring. U yerda tekstlar avtomatik ruschaga tarjima qilingan, istasangiz yaxshiroq online tarjima xizmatidan foydalanishingiz mumkin.




Sayyoralar va yulduzlar: tarj: earth-yer, sun-quyosh.




O'zga sayyoraliklar:




Italiyada daryo bo'yida tasvirga olingan uchar likopcha:




NUJ lar:

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 3252 | Добавил: admin | Теги: Qur'onda o'zga Sayyoraliklar haqida | Рейтинг: 3.7/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024