Xalqimiz qadim-qadimdan o'z ajdodlarini munosib xotirlab kelgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 12
maydagi farmoishga binoan, 9 may «Xotira va qadrlash kuni sifatida
nishonlanadigan bo'ldi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining "Vatan va xalq ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan
fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to'g' risida" gi qarori ham e'lon
qiiindi. Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini
eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol-terak,
gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini hotiralashgan. Yurtimizda
islom dini joriy qilinishi bilan «Qurbon xayiti», «Ramazon xayiti»
arafalarida marhurnlar cslanib, ularning ruhiga duoi fotiha
o'qilgan.Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum
ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug', ustozlar esga olingan. Uzoq
muddat sobiq mustabid davrida bunday marosimlar qoralanib kelindi,
ta'qiqlandi. lstiqlol yillarida ular qayta tiklandi. Endilikda o'tgan
ajdodlarimizni xotiralash va mo'tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga
qo'yishda "Xotira va xotiralash kuni" ning nishonlanishi katta ahamiyat
kasb etmoqda. Bu kun o'z mohiyati bilan boshqa bayram va an'analarimizdan farq qiladi. U odamlardan
o'tgan ajdodlanli eslashgina emas, Vatan uchun kurashda halok bo'lgan,
xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan
kishilaming xotirasini y'od olish hamdir. Hozirgi paytda yurtimizda
"Xotira va qadrlash kuni" ni nishonlash borasida talaygina ibratli
ishlar qilinmoqda. "Xotira va qadrlash kuni”, ajdod-avlodlami bir-biri
bilan bog'lash, yurtdoshlarimizda mehr-shavqat, muruvvat, o'zligini
anglash, hayotning qadriga yetish hissini kamol topdirishda muhim
ahamiyat kasb etaveradi: Ajdodlarinliz xotirasini c'zozlash borasidagi ana shunday
oliyjanob ishlarga Islom Karimov rahbarligida Toshkcnt shahri
markazida barpo qilingan "Shahidlar Maydoni”, "Motamsaro ona” haykali
yaqqol misol bo'la oladi. Har bir xonadon, maha11a, tuman, viloyatda
hurmat-e'zozga munosib kishilarko'p o'tgan. Ba'zilarini hatto oila a
‘zolari, keyingi avlod eslamaydi, bilmaydi. Binobarin, faqat mashhurlami
cmas, nom-nishonsiz kctgan oddiy kishilami ham nomini tiklash hozirgi
davrda har bir maktab, mahallaning vazifasidir. Shuningdek. mash'um
urushda halok bo'lgan bobolarimizni eslash, urushdan omon qaytgan va
kundan-kun siyraklashib borayotgan fahriylarning, mamlakat ichkarisida
mchnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan xabar olib turish yosh
avlod zimmasidagi ham qarz va farz.
|