XXI-asr
dunyo miqyosida axborot texnalogiyasini rivojlanishi kompyuter va
internet tizimidan foydalanishga imkoniyat yaratmoqda. Shu bilan birga,
bizning yurtimizda ham bu tizimdan foydalanuvchilar kam emas. O'sib
kelayotgan yoshlarimiz ham ma'nan, ham jismonan, yetuk bo'lishlari
lozim. Prizidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga katta imkoniyat yaratib
berilmoqda. Ammo, bu imkoniyatdan yoshlar to'g'ri foydalanishyaptimi?
Hozirgi kunda Internet tarmog'ining qulaylik tarafi ko'p. Lekin,
internet sohasida uddabiron bo'lib ketgan hakkerlar qaroqchilik va turli
xil bazalarga kirib noqonuniy ishlarni amalga oshirishyapti. Bularni
qo'yib turing, hattoki, maktab o'quvchilari ham kompyuter qarshisidan
ketishmaydi. To'g'ri, yoshlar kompyuter bilan ishlashni bilishlari
kerak. Bu degani soatlab kompyuter oldida o'tirish degani emasku!
Hozirgi kunda yoshlarimiz kompyuter o'yinlariga mukkasidan ketishgan. Bu
o'yinlar oqibatida bolalarning miyasi zaharlanmoqda. Bunga misol qilib,
bolalar og'zidan tushmayotgan ,,counter strike''ni olsak,o'yindagi
teroristik hujumlar va turli xil qurollardan foydalanishi, bolalarni
o'ziga jalb qilmoqda. Bu o'yin ularni shavqatsizlikka, qotillikka
yetaklaydi. Keyinchalik, hayot misolida ko'rishlari ularni jinoyatchilik
va qotillikika yetaklaydi. Xo'sh, bu o'yinlarni o'ynab bolalar nima
foyda topadi? Bunga ota onalar qanday qarashyapti? Afsusuki ayrim ota
onalar o'z farzandlarining tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan
yondashmoqdalar. To'g'ri, internetda turli tuman saytlarda ma'lumotlar
bor. Ammo, o'smirlar internet tarmog'idan olayotgan ma'lumotlarina
osongina topganliklari, ma'lumotlarni shpargalka sifatida
foydalanishlari, bolalarni dangasa, kitob o'qishga moyilligi yo'q,
ijodiy nutqi va notiqlik san'ati susayib bormoqdi. Statistik
ma'lumotlarga qaraganda, o'smirlarning 45% kompyuter o'yinlariga, 25%
internetga, qolgan qismi esa o'zlarining ishlari uchun kompyuterdan
foydalanishar ekan.
Bolalarning o'zlari qiziqtirgan kitoblardan
foydalanishlari uchun, shaharimizda bir necha kutubxonalari mavjud. U
yerdan bolalar badiiy, falsafiy, adabiy janirlardagi kitoblardan va
turli yo'nalishdagi ensiklopediyalardan foydalanishlari mumkin. Ilmiy
tatqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bolalarnig 40% oxirgi marotaba qanday
badiiy kitob o'qiganliklarini eslay olmaydilar. Hozirgi kunda, nafaqat
yurtimizdagi balki jahon adabiyotidagi yozuvchi va shoirlar o'zlarining
serqirra ijod namunalari bilan kitobxonlarni mamnut etmoqdalar.
Shunungdek, bolalarni bo'sh vaqtlarini unumli foydalanishlari uchun
davlatimiz tomonidan bepul to'garaklar, qo'shimcha darslar, qolaversa
Kamolot va Kamalak yoshlar ijtimoiy harakati tashkiloti ham mavjud. Bu
esa biz yoshlarga berilgan to'laqonli imkoniyatdan oqilona
foydalanishimiz uchun zamin yaratmoqda.
Bolalarga kompyuter yoki
kitobmi? Bu savolga javobni o'zimizda qidiraylik. Har narsaning ijobiy
va salbiy tomonlari bor. Shuning uchun ham har bir narsaning ijobiy
tominini ola bilish va me'yor darajada foydalanish lozim. Bolalarni
kitobga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otish uchun ustoz, muallim va
ota-onalardan katta mas'uliyat talab etaylik!!!