Bollivud yulduzlari orasida o`z shaxsiy biznesiga ega bo`lgan ayollar
talaygina. Ular qatoriga Juha Chavla, Shilpa Shetti, Priti Zinta,
Karina Kapur, Bipasha Basu, Rakxi Savant kabilarni kiritishimiz mumkin.
Maftunkor
tabassum egasi bo`lgan Priti Zinta va Shilpa Shetti kriket orqali ham
mo`may daromad olish mumkinligini isbotlab berishdi. Undan tashqari
Shilpa turmush o`rtog`iga mehmonxona biznesi sohasida ham ko`mak berib
turadi.Ular shuningdek Mumbay markazida ham restoran ochishni
rejalashtirgan.
Bipasha Basu DVD disklar vositasida fitnesni reklama
qiladi. Rakxi Savant esa o`zining go`zallik saloniga ega. Bu bilan bir
qatorda aktrisa tele ishlab chiqarish sohasida ham o`zini sinab
ko`rmoqchi. Katrina Kaif esa Gollivud prodyusserlari ko`magida kino
biznesiga qo`l urgan. Karina Kapur moda biznesidan o`ziga qo`shimcha
daromad olmoqda.