Dunyoning
maftunkor xonandalaridan biri Britney Spirs shu kunlarda yangi albomi
ustida tinimsiz harakatda. — Albom bir necha haftadan so'ng tayyor
bo'ladi, — deydi ushbu albomni chiqarishda Britneyga yaqindan yordam berayotgan
musiqa produsseri Rodni Jerkins. Xonanda yangi albomidagi harakatlarini
2010 yilning mart oyidan boshlagan edi. Ma'lumotlarga
ko'ra, ushbu yangi albom qariyib tayyor holatga kelib bo'lgan. Albomdan
Spirsning eng so'nggi taronalari hamda bir qancha duet ashulalari joy
olgan. Esingizda bo'lsa, Britney Spirsning oxirgi albomi 2008 yilda
"Circus" nomi bilan chiqqan edi. Yangi albomning nomi esa, xonanda
tomonidan hozircha sir tutilmoqda.
|