Meni gox
sevging qadri qiynaydi.
O'zgani
jon desam qalbim ko'nmaydi,
Sendan
o'zga insonni dardim bilmaydi.
Meni
yolg'izlikka xor qilgan jonim,Bugun
qalqib chiqdi ko'zdagi yoshim.
Xatto uchar bo'ldi boshdagi qushim,
Qani
barchasi bo'lsa endi tushim.
Meni armonlarga xor qilgan jonim.
Ko'ngil dardlarimga chora izladim.
Seni
"jonim" deya quvnoq so'zladim
Bugun alamimdan yonib bo'zladim.
Mening
alamlarim tog' qilgan jonim.
Toshlar
yog'ar bo'ldi seldek boshimga.
Bir bor kelolmading izlab qoshimga,
Xasrat
sherik bo'ldi ko'zda yoshimga.
Meni ximoyasiz xor qilgan jonim,
Qalbim azobi unsiz bir nido.
Isyonga bosh
bo'lur bo'g'zimda sado,
Xatto yolg'iz emas mendek gado.
Meni
yolg'izlikka xor qilgan jonim.