Assalomu Aleykum, hurmatli forumdoshlar. Anchadan beri yangilik yozmayotgan edim. Bugun sizlarga bir ma`lumotni taqdim etmoqchi edim. Xabaringiz bo'lsa, so'ngi oylarda yangi turdagi virus fleshkalarimizdagi ma`lumotni berkitmoqda (скрытий килмокда). Bu esa ancha muncha tashvish olib kelmoqda. Bu virusni tozalash va ma`lumotlarni qayta tiklash uchun quyidagilarni bajaramiz. 1. Kompyuterni qaytadan C diskini formatlab, Windows ni o'rnatamiz. 2. Windows toza o'rnatilgandan so'ng Kasperskiy Internet Security 2011 ni o'rnatamiz (Diqqat!.. Kompyuteri eski foydalanuvchilarga maslahat berilmaydi) va Bazasini yangilaymiz. 3. Zararlangan flashkani kompa ulaymiz va KIS bilan tozalaymiz. Bu erda Radminer degan virus chiqishi kerak. 4. Tozalangan Flashkani quyida kamina tomonidan yozilgan dastur orqali ma`lumotlarni tiklaymiz. (Ma`lumot o'rgani: Ma`lumolarni tiklash uchun yuqoridagi 3 qadamni o'tkazib yuborishimiz mumkin).
Diqqat! Dasturni Flashkaning ichiga nusxalab, keyin ishlatish kerak.