Jahongir
Poziljonov ham yana yangi filmini namoyish etish harakatiga tushib
qolgan. "Shomurod va Durdona” dеb nomlangan ushbu filmning qanday
bo`lishi nomidan ham ma'lum. Poziljonovning o`sha yo`nalishi bunda ham
o`z kuchini yo`qotmaydi. "Akfa-mеdia” studiyasi bilan hamkorlikda
ishlaydigan xonanda albatta bu kartinaga ham "akfa”chilarni taklif
qilgani sir emas. Qo`ynidan to`kilgani qo`njiga qabilida ish tutadigan
ijodkorning "Shomurod va Durdona” filmi natijalari hali sizga ma'lum
qilinadi.