Hadeb
dahanaki jang qilavermaylik, kim kuchliligini aniqlash fursati keldi.
Qani mard bo`lganing maydonga chiq, deya Adham Soliiyev hamkasblarini
kurashga chorlagandi, unga qarshi maydonga qiziqchi Zokir Ochildiyev
chiqib keldi. Vajohatidan ot hurkayotgan qiziqchimizni ko`rib Adham
miyig`ida kulgancha "Yana to`rt kishi orqasidan tayyorlanib tursin!”
desa bo`ladimi?
So`ngra
hamma o`z vazni bo`yicha kurashga tusha boshladi. Keyingi juftlik bu
Dilshod Rahmonov va Valijon Shamshiyev bol`di. Hamkasbi Zokir
Ochildiyevning yiqilganidan jahli chiqqan Valijon Dilshodni dast
ko`tarib yerga urdi!
Xonanda
va qiziqchi bo`lavermasin, degan maqsadda endi gilamga ikki qiziqchi
Ma`mur Holmedov va Sanjar Shodiyevni tushirdik. Sanjar epchilligini
ko`rsatib Ma`murdan ustun keldi.
O`zbekistonda
xizmat ko`rsatgan artist Mirzabek Holmedov esa bular orasida mening
vaznimga to`g`ri keladigani yo`q ekan, deya sport ustasini gilamga
taklif etdi. Sport ustasi san`atkorimizni hurmat qildimi yoki Mirzabek
aka epchillik qildimi ko`z ochib yumguncha mashhur qiziqchimiz sport
ustasini dast ko`tarib yiqitdi.
Valijondan
yengilgan Dilshod Rahmonov alamini Abdurashid Yo`ldoshevdan oldi. Bir
marta yiqitgandan keyin Dilshod Rahmon bo`ldi endi charchadim deya,
gilamni tark etdi.
Eng
qizg`in kurashlardan biri bu shubhasiz O`lmas Olloberganov va
Abdurashid Yo`ldoshev bahsi bo`ldi. Dilshod Rahmonning hiylasidan alami
kelgan Abdurashid O`lmasni yiqitishga bor kuchini sarfladi...
Ammo
O`lmas muntazam sport bilan shug`ullanadi shekilli, yo bo`lmasa
bolaligidan kurashib o`sganmi, Abdurashidni yelkasi osha oshirdi. Halol!
Adhamga
mag`lub bo`lganidan xunobi oshib turgan Zokir Ochildiyev shu zahoti
o`rnidan turib kameraga qarab "Qayerdasan Avdulla Tangriyev,
qayersadan”, deb qolsa deng! Bo`ldi kulgu, bo`ldi kulgu... Xullas,
shunday qilib mustaqillik bayrami arafasida o`tkazilgan "Mashhurlar
kurashi” musobaqamiz, nihoyasiga yetdi. Agar bu sizga yoqqan bo`lsa,
biz xursandmiz.
Bayramingiz muborak bo`lsin, azizlar!
|