Estradamizning ajoyib duetdoshlari Nigoraning
doimiy hamrohi Oybek turli ajoyib kadrlarni tarixga muxirlashga qiziqar
ekan. Uning aytishicha bu unga ulkan zavq bag'ishlaydi.
Oybek: Ish yuzasidan
turli joylarga boramiz,kansertlarda qatnashamiz,kliplarda suratga
tushamiz.Shunday vaqtlarda Nigoraning,ijodiy jamoamizning qaytarilmas
harakatlarini suratga olishni yoqtiraman. Shu sababli qo'limdagi
fotoaparat doimo men bilan hamroh bo'ladi.
Nigora harid qilishni yoqtiraman Oybekning
hech kimga almashtirmaydigan go'zal,hushchaqchaq duetdoshi Nigora
do'konlarda harid qilishni juda yaxshi ko'rar ekan. Bundan tashqari u
qizlarimiz bilan doimo hamroh bo'ladigan sumkalar koleksiyasini ham
to'lar ekan.
Nigora: Agar yigit
kishining yonidagi hamrohida sumka bo'lsa unda unga juda qulay
bo'ladi.Negaki u hech narsa ko'tarib yurmaydi.Bizda ham shunday
Oybekning barcha buyumlari mening sumkamdan joy egallaydi. To'g'risi men
haridni yoqtirganim bilan kaleksiyamdagi sumkalarni birortasini ham
o'zim sotib olmaganman.Ularning birini ota-onam ,yana birini opamlar eng
chiroylisini esa albatda Oybek sovg'a qilgan.
|