Estrada olamida juda samarali ijod qilib
kelayotgan yoshlarning sevimli xonandalari Oybek va Nigora dueti
san'atkorlik faoliyati bilan birgalikda o'zlarini teleboshlovchi
sifatida ham sinab ko'rishmoqda. Gap shundaki, ular Yoshlar telekanali
orqali tez orada taqdim qilinadigan "Katta tanaffus" dasturida
boshlovchilik qilishmoqda. Ko'ramiz, ular qanchalik o'zlarining
qobiliyatlarini namoyish etishdi ekan. Albatta buni ko'rsatuv efirga
uzatilgandan so'ng bilib olishimiz mumkin.