Главная » 2010»Sentyabr»1 » OYBEK va NIGORA ADASHISHDIMI?!Birdaniga ikki prem'era?!
01:42
OYBEK va NIGORA ADASHISHDIMI?!Birdaniga ikki prem'era?!
Bugun Oybek va Nigora dueti o'zlarining bir emas, ikki yangi
qo`shig`ini muslislariga havola etishdi. "Eslayman" hamda "Samimiy
muhabbat" deb nomlangan ushbu qo'shiqlar qisqa muddat ichida muxlislar
nazariga tushishi taxmin qilinmoqda. Har ikkala qo'shiq ham Botir
Aliyev bilan hamkorlikda yaratildi. She'rini esa Oybekning o'zi yozgan.
Tez orada Oybek va Nigora dueti ushbu qo'shiqlarning biriga klip
suratga olish ishlarini boshlab yuborishni rejalashtirgan.
Endi
ushbu guruhning buguni haqida biroz fikr yuritamiz. O`zlarini kashf
etgan kompaniyalari bilan shartnomalari tugagach, har ikki ijodkor ham
birinchi navbatda aqilli qaror qabul qila olishdi. Ya`ni ajralmasdan
yana birga ijod qilish. Agar har ikkisi ham alohida xonandalarga
aylanishganida hollariga voy bo`lgan bo`lardi. Negaki, ularni alohida
qabul qilish qiyinroq. Keyin ular ijodida tezkorlikka ahamiyat
qaratishdi. Bu ham to`g`ri tanlangan yo`l. Axir hozir bir qo`shiqni bir
oydan ko`p eshitib bo`lmayapti. Uchinchidan davlat tadbirlari va
ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish taktikasini yo`lga qo`yishdi. Bu
ham tahsinga loyiq. Bunday tadbirlar ularni nufuzli qatlam vakillari
ko`z o`ngida yaxshi baho olishlariga sabab bo`ladi. Xullas, hozircha
ular adashishgani yo`q. Qolganini esa kuzatishlarimiz davomida bilib
boraveramiz.!