1.Oynani
quyoshli va izg'irin kunlarda yuvmang.Quyoshda oynadagi dog'larni
payqash qiyin.Sovuq kunlarda esa ular tez qurib,qotib qoladi va dog'
hosil bo'ladi.
2.Birinchi navbatda sovunli issiq suvda deraza romini,ya'ni yog'ochdan yasalgan qismini yuving.
3.Yuvilgan oynaning bir tomonini vertikal(yuqori) yo'nalishda quruq
narsa yordamida artib olish kerak.Agar gorizantal (yoniga) yo'nalishda
artsangiz,tozalik uchun qilayotgan harakatlaringiz foyda bermasligi
mumkin.
4.Oynani silliq mato bilan yuvmang.Yaxshisi,jundan to'qilgan mato ishlating.
5.Oynangiz ko'zni qamashtiradigan darajada toza va yaltiroq bo'lishini
xohlasangiz,mis kuporosi eritmasidan (1 litr suvga 1 choy qoshiq)
foydalaning.Oyna xuddi moviy rangga bo'yalgandek chiroyli bo'ladi.
6.Yarim litrlik plastik idish (baklashka) olib,undan suvpurkagich
yasang.Idishga 1-2 choy qoshiq novshadil spirti qo'shing.Aralashmani
oynaga seping.Uni oshxona va vanna kafellarini,ko'zgularni,mebellarni
loklangan yuza qismini tozalashga ham ishlatish mumkin.
7.Yana bir usul:oynani eski sochiq bilan yuvsangiz namlikni yaxshi shimib oladi.