Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda
Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan.
1994 yildan buyon qo`shiqchilik san`ati bo`yicha o`z
ijodiy faoliyatini boshlagan.
2002 yildan buyon "O`zbeknavo” estrada birlashmasida
yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.
Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan Respublika miqyosidagi
davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro`z
umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib
kelmoqda.
Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining
yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan.
2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida "Oydin
kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa,
Xalqlar do`stligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan
konsertini, 2006 yil 12-13-14-15 aprel kunlari "Sening darding...” deb
nomlangan konsertini o`z muxlislariga taqdim etgan.
1994 yildan buyon honandaning 7 ta audio, video
kasseta va disk to`plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan.
Respublika, viloyat, tuman va shahar televideniya
tarmoqlarida xonandaning "Kel, ey yorim" (1994 y), "Toshkentim
go`zallari" (1997 y), "Barno" (1997 y), "Kechalar" (1998 y), "Chandiq
Qiz" (2002 y), "Chang ko`chalar" (2002 y), "Bevafo" (2003 y), "Jonim
manim" (2005 y), "Kuyib qolganman" (2006 y), "Vatan" (2006 y), "Yomg`ir"
(2006 y) kabi o`nlab qo`shiqlari va musiqiy kliplari muntazam namoyish
etib kelinmoqda.
Hozirda xonandaning qo`shiqlari aytilmagan bayram,
to`y, radio to`lqinlari topilmasa kerak. Ayniqsa, oxirgi yillarda
"Kutaman", "Anjancha", "Nayda bor", "Bevafo", "Ona" qo`shiqlari
yoshu-qari tinglaydigan qo`shiqqa aylandi.
2008 yilda muxlislar e`tiboriga havola qilingan
qo`shiqlar orasida ham uzoq vaqt tinglab yuriladigan qo`shiqlar mavjud.
Xonandaning ham asl maqsadi bir oz eshitilib esdan chiqariladigan emas,
balki har vaqt ham eshitish zavq bag`ishlaydigan qo`shiqlar yaratish.
Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston Davlat San`at
oliygohini tamomlagan.
2007 yil Oliy mukofotlardan biri "O`zbekistonda
xizmat ko`rsatgan artist" unvonini bilan taqdirlangan.