Muqaddas
Qur'on Karim asrlar davomida insoniyat tomonidan churroq o'rganib
kelinmoqda. U ko'plab narsa, voqea va hodisalarning sababini shunday
asoslab bermoqdaki, bunga lol qolmay ilojimiz yo'q. Quyida
keltirilayotgan oyatlar esa Bu olamda biz yolg'iz emasligimizga asos
bo'lsa ajab emas. Oyatlar ko'plab diniy va dunyoviy ulamolar tomidan
o'rganib shunday hulosa kelingan: Bizning sayyoramiz tirik jon
yashaydigan yolg'iz sayyora emas. Alloh yetti qavat osmonda juda ham
ko'plab mavjudotlarni yaratganki, ular ham xuddi biz kabi yolg'iz Unga
sig'inishadi.
Sho'ro surasi 29: Osmonlar va yerning yaratilishi hamda (Alloh) ularda
tarqatib-yoyib yuborgan jonivorlar Uning (qudrati ilohiyasiga dalolat
qiladigan) oyatalomatlaridandir. U O’zi xohlagan vaqtida ularni
jamlab-yig‘ib olishga qodirdir.
Ra'd surasi 15 Osmonlar va
yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh
istamasinlar, ertayu kech faqat Allohgagina sajda qiladilar —
bo‘ysunadilar.
Nahl surasi 49: Osmonlar va yerdagi barcha
jonivorlar va farishtalar ham kibr-havo qilmagan hollarida yolg‘iz
Allohga sajda qilurlar
Taloq surasi 12. Alloh yetti osmonni va
yerdan ham o‘shalarning mislini (ya’ni yetti qavat yerni) yaratgan
zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya’ni yetti qavat osmon va
yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar
Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (O’z)
bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga
yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi).
65. Ayting:
«Osmonlar va yerdagi biron kimsa g‘aybni bilmas, magar Allohgina
(bilur)». Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar.
Maryam surasi 93. Osmonlar va yerdagi bor jonzot (qiyomat kunida) Rahmon (huzuriga) bo‘yinsungan holda kelur.
94. U zot ularni sanab-aniqlab qo‘ygandir.
95. Ularning barchasi qiyomat kunida yolg‘iz holda U zotning huzuriga kelguvchidir. Bu oyatlar esa samodagi boshqa jonzodlar ham huddi biz kabi Qiyomatda qayta tiriladilar.
Zumar surasi 68: Sur chalindi-yu, osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi,
magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi
bor chalindi-da, banogoh ular (ya’ni barcha xaloyiq qayta tirildi,
qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) ko‘z tutarlar.
Hadid
surasi 21. (Ey insonlar), Parvardigoringiz tomonidan bo‘ladigan
mag‘firatga xamda Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan zotlar
uchun tayyorlab qo‘yilgan, kengligi osmon va yerning kengligi kabi
bo‘lgan jannatga shoshilingiz! Bu (ya’ni va’da qilingan mag‘firat va
jannat) Allohning fazlu marhamati bo‘lib, uni O’zi xoxlagan kishilarga
ato etur. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir.
Fussiyat surasi
11. So‘ngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga: «(Mening
amrifarmonimga) ixtiyoran yoki majburan kelinglar!» degan edi, ular:
«O’z ixtiyorimiz bilan keldik, (amringga bo‘yinsundir)», dedilar.
12. Bas ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga
buyurilgan) ishi-vazifasini vahiy qildi (bildirdi). Biz quyi osmonni
chiroqlaryulduzlar bilan bezadik va (uni ofat-balolardan) saqladik. Bu
qudratli va bilguvchi zotning taqdiri – o‘lchovidir.
I z o h .
Mazkur oyatlar Qur’onda bir necha o‘rinlarda kelgan Alloh taolo osmonlar
va yerni olti kunda yaratgani haqidagi oyatlarning tafsilotidir. Ya’ni
Tangri taolo yerni ikki kunda yaratib, to‘rt kun deganda uning rizqu
ro‘zini ham taqsimlab-bo‘lib bergani va olti kun deganda esa yetti
osmonni ham yaratib bo‘lgani bayon qilib berildi.
Taloq surasi
12. Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shalarning mislini (ya’ni yetti
qavat yerni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya’ni
yetti qavat osmon va yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil
bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir
ekanligini va Alloh barcha narsani (O’z) bilimi bilan ihota qilib
olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga yuqorida zikr qilingan
narsalar haqida xabar berdi).
Navbatdagi oyat esa, insonlar vaqti kelib o'zga sayyoralarga ham safar qilishimiz mumkinligidan dalolat bo'lsa ajab emas:
Nahl surasi 8. U zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib otlar,
xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar (hali) bilmaydigan
narsalarni ham yaratur.
Nur surasi 41. (Ey Muhammad), Allohga
osmonlar va yerdagi bor jonzot ham, (samoda) saf tortgan qushlar ham
tasbeh aytib — poklashini ko‘rmadingizmi? Aniqki, (Alloh) barchaning
duoyu tasbehini bilib turur. Alloh ularning qilayotgan (barcha)
ishlarini bilguvchidir.
Mavzuni batafsilroq o'rganmoqchi
bo'lsangiz mana bu yerga kiring. U yerda tekstlar avtomatik ruschaga
tarjima qilingan, istasangiz yaxshiroq online tarjima xizmatidan
foydalanishingiz mumkin.
Sayyoralar va yulduzlar: tarj: earth-yer, sun-quyosh.
O'zga sayyoraliklar:
Italiyada daryo bo'yida tasvirga olingan uchar likopcha: