Ro‘zadorlarni
iftorlikka chaqirib, dasturxon yozgan kishining haqqiga, albatta, duoi
xayrlar qilinadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam
iftor qilib bergan kishini shunday duolar bilan xushnud etganlar:
«Parvardigoro, meni yedirib-ichirgan bandangni O‘zing yedirib-ichirgin» (Imom Muslim rivoyati); "Parvardigoro, ularga bergan rizqingni barakotli qilgin, gunohlarini kechirgin, rahmatingga olgin” Imom Muslim rivoyati