"Muhabbat kuychisi” nomi bilan yuraklargan joy olgan
Anvar Sanayev yana yetakchilik sari qadam tashladi. Buni "Barno”
qo`shig`ining naqadar xitga aylanganidan ham bilsa bo`ladi! Yaqinda
kutilmagan voqea ro`y berdi. Anvar Sanayevga avgust oyida konsert berish
taklifi bilan birato`la yettita viloyat tashkilotchilari chiqishdi.
Iyulning ikkinchi yarmida Malayziyaga ijodiy safar rejalashtirgan
"muhabbat kuychisi” bu takliflarni safardan so`ng o`ylab ko`rishini
aytdi. Ayni kunlarda Sanayevning "Laylo” qo`shig`iga klip suratga
ishlari boshlangan. Hademay uning yangi fotojamlanmasi muxlislar uchun
barcha OAVlariga tarqatiladi. Shu fotojamlanmadan ham "muhabbat
kuychisi”ning naqadar katta o`zgarishlarga qo`l urayotganini bilib
olasiz. Portalimizni kuzatishda davom eting va Sanayevga savollaringizni
yo`llang. Yaqin kunlarda sevimli xonandangiz portalimiz mehmoniga
aylanadi. Imkoniyatni qo`ldan bermang!