Kino xaqida:
Bouling. Ularning va ularning yaqinlarini hayotini o’zgartirib yuborgan uchrashuv.
Birinchi o’yin, Diana haqqoniy g’alaba qozonadi. Ikkinchi o’yin, Sardor o’yinni boshlab, u qadar tog'ri yol tutmaydi. Sardor Diana uning dunyosiga tog’ri kelmasligini, mahallada paydo bo’lsa shov-shuv bo’lishini bila turib ham, baxslashib unga uylanadi. Natijada, o’yin bo’lib boshlangan holat hech kim kutmaganidek yakun topadi.
Sardorning onasi anchadan buyon o’z xonadoniga dugonasining qizini kelin qilib olib kirishni orzu qilar edi, biroq o’g’lining tanlovini ko’rib hayratga tushadi. Dugonasi bilan birga «xarbiy jamoa» tuzishadi, bu jamoaning maqsadi «begonaxon»ni uydan chiqarishga qaratilgan! Barchasi ko’ngiladagidek ketmoqda: rejalashtirilgan kamsitish ham, uydagi mushkul vazifalar ham, va hatto shifokor bilan kelishuv ham.
Sardorni uchratguniga qadar Diana evropacha tarbiya olgan o’z dunyosida, qaysargina «otasining erka qizi» bo’lib yashar edi. Diananing o’z yori uchun haqiqiy ayoli bo’lish niyati shu darajada yuksakki, Munira opa uyushtirayotgan hech bir to’siq va qopqon uni buza olmaydi. Munira opa qanchalik kuchli harakat qilsa, Diana shu qadar yaxshi uddalay boshlaydi barcha ishni! Va hech narsa uni o’z suyuklisidan voz kechishga majbur qila olmaydi: ota-onasining kelishuvi ham, qaynonasining ustidan kulishi ham, umuman yod bo’lgan urf-odatlar ham. Hattoki, suyuklisining baxti uchun o’z muhabbatidan yuz o’girishga ham tayyor.