Статистика |
Онлайн всего: 12 Гостей: 12 Пользователей: 0 |
|
Главная » 2010 » Mart » 22 » SUPER KELINCHAK" (2009)
22:53 SUPER KELINCHAK" (2009) |
Kino xaqida: Bouling. Ularning va ularning yaqinlarini hayotini o’zgartirib yuborgan uchrashuv. Birinchi
o’yin, Diana haqqoniy g’alaba qozonadi. Ikkinchi o’yin, Sardor o’yinni
boshlab, u qadar tog'ri yol tutmaydi. Sardor Diana uning dunyosiga
tog’ri kelmasligini, mahallada paydo bo’lsa shov-shuv bo’lishini bila
turib ham, baxslashib unga uylanadi. Natijada, o’yin bo’lib boshlangan
holat hech kim kutmaganidek yakun topadi. Sardorning onasi
anchadan buyon o’z xonadoniga dugonasining qizini kelin qilib olib
kirishni orzu qilar edi, biroq o’g’lining tanlovini ko’rib hayratga
tushadi. Dugonasi bilan birga «xarbiy jamoa» tuzishadi, bu jamoaning
maqsadi «begonaxon»ni uydan chiqarishga qaratilgan! Barchasi
ko’ngiladagidek ketmoqda: rejalashtirilgan kamsitish ham, uydagi
mushkul vazifalar ham, va hatto shifokor bilan kelishuv ham. Sardorni
uchratguniga qadar Diana evropacha tarbiya olgan o’z dunyosida,
qaysargina «otasining erka qizi» bo’lib yashar edi. Diananing o’z yori
uchun haqiqiy ayoli bo’lish niyati shu darajada yuksakki, Munira opa
uyushtirayotgan hech bir to’siq va qopqon uni buza olmaydi. Munira opa
qanchalik kuchli harakat qilsa, Diana shu qadar yaxshi uddalay
boshlaydi barcha ishni! Va hech narsa uni o’z suyuklisidan voz
kechishga majbur qila olmaydi: ota-onasining kelishuvi ham,
qaynonasining ustidan kulishi ham, umuman yod bo’lgan urf-odatlar ham.
Hattoki, suyuklisining baxti uchun o’z muhabbatidan yuz o’girishga ham
tayyor.
Google Video
|
Категория: Uzbek Filmlar |
Просмотров: 770 |
Добавил: admin
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|