Tug'ilgan kun xaqida Siz qaysi sanada tug'ilgansiz ???
1. Bu kuni tug`ilganlarning xotirasi pastroq bo`lib, ayrim voqealarni
unutib qo`yadi. Turmush qurishda doimo baxti yurishavermaydi. Agar
turmush o`rog`i mahkam turmasa uyi buzilib ketsa ham parvo qilmaydi.
2. Bu kuni tug`ilganlar ko`ngliga yaqin odami bilan ruhan
yaqinlashishga moyil bo`ladi. Sevgiga aql bilan yondoshadilar. O`ziga
ruhan yaqinlar bilan turmush qurishni xohlaydilar. 3. Bu kun
tug`ilganlar o`zlarining shiddatkorliklari bilan ajralib turadilar.
Ko`ngilxushlik jonu-dili. Nafsni qondirmaguncha tinchimaydilar. Doimo
o`zlarini boshqalardan bir pog`ona ustun qo`yadilar. 4. Bu kun
tug`ilganlar boshqalar bilan munosabatda qiynalishadi, shuningdek ular
bilan ham oldi-berdi qilish qiyin. Intim munosabatda juda sust.
Tushkunlikka beriluvchan, o`ziga sodiq odamni qo`llab turishga doim
muhtoj va qizg`anchiq bo`lishadi. Unaqalar bilan yashash uchun
sabr-bardoshli bo`lish kerak. 5. Shu kuni tug`ilganlar pulni juda
yaxshi ko`rishadi. O`zlariga bino qo`ygan bo`ladilar. O`zlariga uncha
qaramasalarda, pul topib boyish payida bo`ladilar. 6. Bu kunda
tug`ilganlar hissiyotli, xayolparast, o`z e`tiqodlariga sodiq
bo`ladilar. ko`pincha o`z hissiyotlari uyg`unlashtirib yuboradilar.
7. Shu kuni tug`ilganlar bilan ehtiyotkorroq bo`lish zarur. Chunki
ularning fikri tez-tez o`zgarib turadi. Bir joyda turolmaydilar, doim
yaxshi sherik axtarib yuradilar, shuning uchun ham ikkinchi bor
yostiqdoshlarini almashtirishga to`g`ri keladi. 8. Bu kunda
tug`ilganlar hissiyotli, o`z do`stlariga sodiq bo`ladilar. Lekin ularni
ko`pincha eng ishonganlari ham "sotadi". Ularni tushunish va sevish
murakkab bo`lib, agar ular sevsalar qattiq sevadilar. 9. Bu odamlar
hohishni bayon qilishga ojiz bo`ladilar. To`qqizinchida tug`ilganlar
kamdan-kam sevib qoladilar, ammo sevsalar bir umrga vafodor bo`ladilar.
Ular bir marta xato qiladilar. O`zlariga mos kishjilar bilan tez
kirishib ketadilar. 10. Bu kun juda yaxshi va baxtli kun. Shu kuni
tug`ilganlar ham o`ziga o`xshagan qobiliyatli sherik izlaydilar. Ular
bilan kelishish oson. 11. Bu kuni tug`ilganlarning ko`ngli ochiq va
sadoqatli bo`ladilar. Sotqinlik va mag`lubiyatni ko`tara olmaydilar.
Ular mustaqillikka intiladilar, lekin mustaqil yashashga qodir emaslar.
Ularning hayoti doimo kurashdan iborat. 12. Ular bilan yashash
oson, ko`ngli ochiq, o`zlariga o`xshaganlarni izlab yuradilar, yumshoq
xarakterli, ularga qattiq gapirib ish bitkazib bo`lmaydi. Ularga
muhabbat bilan yumshoq so`zlar muomila qilib ko`p narsaga erishish
mumkin. 13. Ular hissiyotida qiyinchiliklar bor. Bunaqa odamlar
ichki tomondan doimo birortasini qo`llashga muhtoj. Ular bilan doim
birga yashash qiyin. 14. Bu kun tug`ilganlarga sherik bo`lish uchun
boy odam bo`lish kerak. Munosabati sovuq. Ularni sevib qolish ham
mushkul, lekin o`ziga tortadigan ohangrabosi bor. 15. Oyning 15-da
tug`ilganlar xayolparast, sal narsaga lovullab yonadi, shuncha tez
"o`chadi". Yaxshi ta`minlangan puldor odamlar bilan tez chiqishib
ketadi. Agar uni yostiqdoshi tushunsa oilasi mustahkam bo`ladi. 16.
Bu kun tug`ilganlar kimgadir qattiq bog`lanib qolish xususiyatiga ega.
Lekin ko`p kishi bilan ko`proq bo`lish ham joniga tegadi. Turmushni
turli tomonlarini totib ko`rishga ishqiboz. Ishqiy munosabatda ehtirosga
ega lekin ko`ngli bo`sh. 17. Hissiyoti kayfiyatiga qarab o`zgarib
turadi. Agar sherigi pand bersa, aloqani butunlay uzadi. Turmushi
kamdan-kam buziladi. 18. Juda ehtirosli bo`lsalarda, o`zlaridagi
moyillikni aytishga uyaladi. Buning uchun o`zlarini koyib yuradilar.
Yumshoq momilali, juda kam janjallashadi. 19. Bu kuni tug`ilganlar
"o`zimniki to`g`ri" deydigan, churt kesar, boshqalar uning uchun xizmat
qilishni xohlaydigan fe`lga ega. Biror masalani ko`pchilik bilan hal
etishni istamaydi, yolg`iz o`zi hal qilishni xohlaydi. 20. Bu kuni tug`ilganlar ruhlar dunyosi bilan yashaydi. Shuning uchun ham sevgan kishisi shunday bo`lishini xohlaydi. 21. Bu kuni tug`ilganlar ham ruhan yaqinlikka moyil bo`ladi. Ular juda beriluvchan bol`ishadi.
22. Bu kuni tug`ilganlarning hissiyotlari kuchli emas. Agar sevib
qolsalar bir umr vafodor bo`ladilar. Qizg`anchiq, ko`ngli yarim
kishilar. Arazchan, ularni doim qo`llab turishi kerak. 23.
Sherigiga o`z tazyiqini o`tkazishni yoqtiradigan, ehtirosli va unga
bo`ysunuvchan sherik topmoqchi. Agar shunday sherik topsa turmushi
yaxshi bo`ladi. 24. Jismonan zaif, orzular dunyosida yashaydi. Ehtiros bilan sevadi, har xil ish bajarishni yaxshi ko`radi. 25. Shu kuni tug`ilganlar ko`proq moddiy tomondan ta`minlangan odamlar bilan birga birga bo`lishni yoqtiradilar.
26. Juda sezgir bo`ladilar, ruhan yaqinlikka muhtoj, sevgan kishilari
uchun qurbon bo`lishga ham tayyor ko`ngilchangligiidan foydalanib
turishadi. Lekin qat`iyatli. 27. O`zgaruvchan, pulga yoki narsaga
o`ch bo`lganligi uchun ham og`machi, o`ziga o`xshaganlarni yaxshi
ko`radi, ko`p kishi bilan kelishib ketadi, aqlli, kuchli xarakterga ega.
28. Chin yurakdan sherigiga sadoqatli, kamtar, ruhan yaqinlikka
moyil, yumshoq, sherigi bilan kelishmasa voz kechishi oson. Ular bilan
turmush qursa baxtli bo`la oladilar. 29. Bu kuni tug`ilganlar
o`ziga yoqqanlarni maqtanishni xush ko`radilar. Uni ba`zida kimdir
yo`naltirib turish kerak. Bu kuni tug`ilganlar o`zgaruvchan bo`ladilar.
30. Ular o`z hukmini o`tkazishni yaxshi ko`radilar. Shuning uchun
ularga yumshoq so`z, yon beruvchi sherik zarur bo`ladi. O`ziga yoqqan
narsani orqasidan quvib yuradi va unga erishmaguncha qo`ymaydi,
"sherigi" uning yo`liga qanday yurganini ham sezmay qoladi. O`ziga
bo`ysunuvchilar bilan aloqada bo`lishni ko`proq yoqtiradilar. 31.
Sadoqatli va ko`ngli toza, sevgiga sodiq bo`ladilar. Ular juda jahldor
va injiq bo`lishlari ham mumkin. Xarakterlari juda og`ir, bunaqa
odamlarni ko`nliga qarab yashaydigan odamlargina baxtli qila oladilar.