Yakshanba, 24.11.2024
Www.UzNiHoL.coM
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar
Uzbek Filmlar
Chetel Filmlar
Hindcha Filmlar
Serial Filmlar
Uzbek konsertlar
Rus konsertlar
Uzbek qiziqchilari
Russ qiziqchilari
Chetel Multiklar
Uzbek Multiklar
Har-Xil narsalar
Sport
Rasimlar
For mobile
Mashinalar
Uzbekcha mp3
Ruscha mp3
Uzbek kliplar
Rus kliplar
Turk kliplar
Hind kliplar
Rus prikolari
Uzbek prikolari
Compyuter darsi
Programma dasturlar
Programmi Dizayn
Mobile sxema
She'rlar Olami
Jahon tillari
OnlaynTV kanal
Onlayn Radio kanal
MUBORAK RAMAZON
Ishlash
Muhlis Minbari
TV dastur
Наш опрос
Sizga saytni yangi dizaynir yoqdimi?
Всего ответов: 201
Мини-чат
500
Статистика

Онлайн всего: 72
Гостей: 72
Пользователей: 0
Главная » 2010 » Sentyabr » 22 » Xotini haqida er nima bilishi kerak?
02:14
Xotini haqida er nima bilishi kerak?

Xotini haqida er nima bilishi kerak?




Er va xotin orasida tushunmovchiliklar juda ko'p bo'ladi. Ayol kishi erkakdan nafaqat jismonan, balki psixologik jihatdan farq qiladi. Shuning uchun uninag ayrim fazilatlari erkak uchun g'alati ko'rinishi mumkin. Ayolni shundayligicha seva bilish kerak. Buning uchun erkaklar o'z ayoli, ya'ni xotini to'g'risida quyidagilarni bilishi lozim.

1. Ayol kishini Xudo erkakdan farqli qilib yaratgan. Uning organizmi butunlay boshqacha. Ayol kishi boshqacha fikr yuritadi, boshqacha o'ylaydi, boshqacha so'zlaydi. Ayollarda intuitsiya bo'ladi. Agar erkak bosiq bo'lsa, ayol o'z emotsiyalarini ichida saqlamaydi. Ayol kishi o'z yaqinlari haqida doim hamma narsa bilib yurishni istaydi. Ayolning ushbu xususiyatlariga erning jahli chiqishi noo'rin.

2. Har bir ayol hurmat va e'tiborga zor. Er qanchalik ayoliga e'tiborli bo'lsa, o'zi shunchalik baxtiyor bo'la oladi. Xotinini hurmat qilish esa oilaviy totuvlikka olib keladi. Hech qachon ish, ko'cha va do'stlarni ayolingizdan ustun ko'rmang. Chunki erning eng katta boyligi bu uning baxtiyor turmush o'rtog'idir.
Ishda qanchalik band bo'lishingizdan qat'iy nazar xotiningizga shirin so'z aytish uchun qo'ng'iroq qilishni unutmang. Xotiningiz qadriga yeting. Uni sevishingiz haqida unga aytib turing. Ayollar bunga muhtoj bo'ladilar. Faqat bayramda emas, balki boshqa kunlarda ham sovg'alar qiling.

3. Ayol uchun eng katta haqorat bu erining unga bee'tibor bo'lishidir. Ayol kishi doim eriga kerakligini, eriga yoqimli ekanligini his qilishi zarur. Xotiningiz bilan intim aloqada bo'lishni chetga surib qo'ymang. Ayolni intim hayotini go'zal qilish, uni quchoqlash, o'pish  yaxshi kayfiyat garovidir.

4. Ayol uchun uning uyi eng asosiy makonidir. Uyni go'zal va saramjon qilish uning vazifasi. Uyda xotin uchun moddiy sharoit yaratib berish - bu erning vazifasi.

5. Ayolda muammo bo'lib, uni hal qilish erning qo'lida bo'lmasa, ayolga hamdard bo'lishni bilishi kerak.

6. Ayol erkalik qiladi. Ayrim hollarda injiqlik ham qilishi mumkin. Bunga jahliz chiqmasin, u shunisi bilan sizdan farq qiladi va go'zaldir.

7. Ayol qiynalganda ko'z yosh to'kadi. Ayol yig'laganda er jahli chiqmasdan uni tushuna bilishi kerak.

8. Ayol uchun moddiy boylikdan ko'ra sizning g'amxo'rligingiz afzal. Er doim dam olish kunlari o'z oilasini qiziqarli o'ynatishi lozim. Masalan, restoranga borib birga ovqatlanish, bolalar bilan parkga borish yoki uyda xotinini hursand qilib uy ishlarida yordam berish, mazali taom pishirib berish va hokazo.


"Men unga mashina olib berdim-kui, uning chehrasi esa ochilmadi", - deb erkaklar ba'zida ayollardan xafa bo'ladi.
Erini sevadigan va hurmat qiladigan ayol uchun erining puli emas, balki mehri, e'tibori va sevgisi muhimdir. Bu tuyg'ularni turmush o'rtog'ingizga qiladigan e'tiboringiz, intim hayot, arzimagan sovg'alar, gul va shirin so'zlar orqali izhor etib yuring.

Xotiningiz qanchalik baxtiyor bo'lsa sizning hayotingiz shunchalik go'zal, osoyishta va baxtli kechadi, uyingiz esa barakaga boy bo'ladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 1476 | Добавил: admin | Теги: Xotini haqida er nima bilishi kerak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024