Главная » 2011»Oktyabr»14 » Yulduz Usmonova konsertidagi "piston" bolakayning raqsi
02:42
Yulduz Usmonova konsertidagi "piston" bolakayning raqsi
"Yosh to'lqin" tahririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom ettiradi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube saytiga qo'ygan qiziqarli videolarini chiqaramiz.
Bugungi videoni bizga Rahimjon ismli mushtariyimiz yo'lladi. Videoda O'zbekistonning taniqli xonandasi Yulduz Usmonovaning bundan ikki yil oldin Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bergan konsertidan lavha keltirilgan.
Videoning "prikol"i shunda-ki, xonanda o'zining mashhur "Borolmayman" qo'shig'ini jonli ijro etib turgan bir vaqtda sahnaga yarim yalang'och bolakay yugurib chiqib, raqsga tushishni boshlaydi. Vaziyatni nazorati ostidan chiqarmagan Yulduz Usmonova bolakay bilan hazllashib, u bilan birga raqsda tushdi.
YouTube saytidagi ushbu video kelgan sharhlarda yozilishicha, Yekaterinburgda o'tgan bu konsert juda qiziqarli o'tgan va aynan shu "piston" bolakayning raqsi tufayli ko'pchilikga yoqib tushgan.