Avval xabar berib o'tganimizdek, Javlon
Shodmonovning navbatdagi rejissorlik ishi bo'lmish, "Kichkina
jo'jayin"ning prem'erasi bugun ya'ni 27 avgust kuni soat 16-00da,
"Kinochilar uyi"ning katta zalida bo'lib o'tdi. Odatdagidek, zal
tomoshabinlar bilan to'lib toshdi. Taqdimot chog'ida, Alisher Uzoqov
hamda Ziyoda tomonlaridan film sauntregi ijro etildi. So'ng, film
ijodkorlari va qahramonlari boshlovchi Davron Qobulov tomonidan yaqindan
tanishtirib o'tildi.
Tanishtiruv marosimi yakunlangach,
tashrif buyuruvchilarning soni ko'payib ketganligi sababli "Kinochilar
uyi"ning bir emas, uchta zalida film namoyishi bo'lib o'tdi. Har
doimgidek, rejissorning ushbu kino kartinasi ham muxlislar tomonidan
iliq kutib olindi, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Birgina, Alisher
Uzoqov hamda Murod Rajabovlarning o'zlariga yuklatilgan rollarini
mohirona tarzda ijro etganlari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Hullas,
film haqida juda ko'p va ho'p gapirish mumkin. Shu sababli, ming marta
eshitgandan, bir marta ko'rgan afzal! Bugundan e'tiboran, komediya va
melodramma janrida su'ratga olingan "Kichkina Xo'jayin"ni, siz endi har
kuni soat 11:00, 13:00, 15:00, 17:00 hamda 19:00larda poytaxtimizning
"Kinochilar uyi", "G'uncha" va "Toj mahal" kinoteatrlariga kelib tomosha
qilishingiz mumkin.