O'zbekiston
Respublikasida hizmat ko'rsatgan artist Samandar Hamroqulov kuni kecha
Samarqand, Buxoro, Navoiy va Qoraqalpog'iston Respublikasida gastrol
konsert turnesini o'tkazib, poytaxtimizga qaytib keldi.
Samandar
shu kunlarda ikki yangi qo'shiq kuylagan bo'lib, ulardan biri "Izhor",
ikkinchisi "Humori bo'l" deb nom olgan. Endilikda shu qo'shiqlarga klip
suratga olish ishlarini boshlash arafasida. Klip rejissorlari Yodgor
Nosirov hamda Behzod Tojievlardir. Qo'shiqning ijodkorlariga to'xtalib
o'tadigan bo'lsak, matn muallifi Iroda Qurbonova bo'lsa, musiqalarni
Samandarning o'zi bastalagan.